Инструкция по эксплуатации Samsung GE732KR
Страница 116
20
O'ZBEKCHA
TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN
TUSHIRISH FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyasi go’sht, parranda
go’shti yoki baliqni muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va
quvvat darajasi avtomatik ravishda o’rnatiladi.
Dastur va mahsulotlar og’irligini tanlashning o’zi yetarli.
Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan idishlardan
foydalaning.
Avval muzlatilgan mahsulotni aylanuvchi patnis o’rtasiga joylashtiring va
eshikchani yoping.
1. Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan muzdan
tushirish)
tugmachasini bir yoki bir necha marta
bosgan holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang.
(Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun keyingi sahifadagi
jadvalga qarang)
2. кг (kg) va 100г (100g) tugmachalarini bosgan holda
mahsulot og’irligini tanlang.
Ruxsat berilgan eng ko’p og’irlik – 1500 g.
3.
СТАРТ (START)
tugmachasini bosing.
Natija:
Mahsulotlarning muzdan tushishi
boshlanadi.
Muzdan tushirish vaqtida pech
mahsulotlarni ag’darish kerakligini
eslatgan holda tovushli signallar
beradi.
Muzdan tushirish jarayonini yakunlash
uchun yana СТАРТ (START)
tugmachasini bosing.
Mahsulotlarni avtomatik parametrlardan foydalanmagan holda qo’l rejimida
ham muzdan tushirish mumkin. Buning uchun quvvat darajasi 180 Vt
bo’lgan mikroto’lqinlar rejimida taom tayyorlash/isitish funksiyasini tanlang.
Batafsil ma’lumotlar olish uchun 12-sahifadagi "Taom tayyorlash/Isitish"
bo’limiga qarang.
TEZLASHTIRILGAN MUZDAN TUSHIRISH REJIMINING
PARAMETRLARI
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish
rejimining turli dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar
keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval o’rama materiallarni olib tashlash kerak.
Go’sht, tovuq, baliq yoki mevalar/reza mevalarni sopol tarelkaga joylashtiring.
Kod Taom
Porsiya
Ushlab
turish vaqti
Tavsiyalar
1
Go'sht
200-1500 g
20-90 daq. Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida,
go’shtni aylantiring. Ushbu dastur mol
go’shti, qo’y go’shti, cho’chqa go’shti,
antrekotlar, to’qmoqlangan go’sht,
qiymani muzdan tushirish uchun
mosdir.
2
Parranda
go'shti
200-1500 g
20-90 daq. Oyoqlari va qanotlarining uchini
alyuminiy folga bilan yoping. Pech
tovushli signal berganida, parranda
go’shtini aylantiring. Siz butun tovuqni
ham, uning bo’laklarini ham muzdan
tushirishingiz mumkin.
3
Baliq
200-1500 g
20-80 daq. Baliqning dumini alyuminiy folga bilan
yoping. Pech tovushli signal berganida,
baliqni aylantiring. Ushbu dastur baliqni
ham butunligicha, ham baliq filesining
bo’laklari ko’rinishida muzdan tushirish
uchun mo’ljallangan.
4
Mevalar/
Reza
mevalar
100-600 g
5-20 daq.
Mevalarni tekis shisha idishga tekis
yoyib chiqing. Bu dastur mevalarning
barcha turlari uchun mos keladi.
Mahsulotlarni avtomatik rejimda bo'lmagan holda muzdan tushirish
uchun qo’lda muzdan tushirish funksiyasini va 180 Vt ga teng quvvat
darajasini tanlang. Qo’lda muzdan tushirish funksiyasi va muzdan
tushirish vaqti to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun
28-sahifaga qarang.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 20
2013-11-28 �� 7:08:37