Инструкция по эксплуатации Samsung GE732KR

Страница 122

Advertising
background image

26

O'ZBEKCHA

Taom

Porsiya Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish vaqti

(daq.)

Ko’rsatmalar

Bryukva

250 g

5-5½

3

Bryukvani mayda qilib to’rg’ang.

Guruch va makaron mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma

Guruch:

Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta

kosadan foydalaning, yodda tuting, tayyorlash jarayonida

guruchning hajmi ikki marta ortadi. Qopqog'i yopilgan holda

tayyorlang. Tayyorlagandan keyin ushlab turish vaqtidan

avval aralashtiring, tuz yoki o'tlar va sariyog' qo'shing.

Izoh. Tayyorlash vaqtida guruch hamma suvni ham

shimmaydi.

Makaron mahsulotlari: Issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan

foydalaning. Qaynoq suv, bir chimdim tuz qo’shing va

yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopmagan holda

tayyorlang. Tayyorlash vaqtida va u nihoyasiga yetishi bilan

taomni aralashtirib turing. Kutib turish vaqtida qopqoq bilan

yoping va dasturxonga tortishdan avval suvini qoldirmasdan

to’kib tashlang.

Taom

Porsiya Quvvat

Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish vaqti

(daq.)

Ko’rsatmalar

Oq guruch

(bug'langan)

250 g

750 Vt

17-18

5

500 ml sovuq suv

qo’shing.

Jigarrang guruch

(bug'langan)

250 g

750 Vt

22-23

5

500 ml sovuq suv

qo’shing.

Jigarrang guruch

250 g

750 Vt

22-23

10

600 ml sovuq suv

qo’shing.

Guruch aralashmasi

(oddiy guruch + yovvoyi

guruch)

250 g

750 Vt

18-19

5

500 ml sovuq suv

qo’shing.

Donli miks

(guruch + boshoqli o’tlar)

250 g

750 Vt

19-20

5

400 ml sovuq suv

qo’shing.

Makaron mahsulotlari (pasta)

250 g

750 Vt

11-12

5

1000 ml issiq suv

qo’shing.

TAOMNI ISITISH

Ushbu mikroto’lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda

anchagina tezroq isitish mumkin.

Quyida keltirilgan jadvaldagi quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.

Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo’lgan xona haroratiga ega bo’lgan

suyuqliklar hamda harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo’lgan sovutilgan

mahsulotlar uchun ko’rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Yirik ovqatlarni, masalan, go’sht bo’laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki ular

ko’pincha bir tekis isimaydi: uzoq vaqt isitishga to’g’ri keladi va chetlari haddan tashqari

quruqlashadi. Kichkina porsiyalarni isitish tavsiya qilinadi.
Quvvat darajalari va aralashtirish

Ayrim mahsulotlarni 750 Vt quvvatda isitish mumkin bo’lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va

hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.

Qo’shimcha ko’rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda, kamroq

quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdordagi taomlar va ovqatlarni isitish

qulay (masalan, shirin piroglar).

Eng yaxshi natijalarga ega bo’lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida

ag'daring. Iloji bo’lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning

qaynab ketishi va kuyib qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni

aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto’lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa

qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Taomni buzishi mumkin bo'lgan

ortiqcha qizib ketishiga yo’l qo’ymang.

Kamroq isitish vaqtini o’rnatish, keyin esa zarur bo’lganda vaqt qo’shish ma’qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti

Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo’ying va

ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning.

Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.

Isitgandan keyin ma'lum vaqt kuting. Shu vaqt davomida taomning barcha qismlaridagi

harorat tenglashadi.

Agar jadvalda boshqa qiymat ko’rsatilmagan bo’lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil

qiladi.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana ehtiyotkorlik

choralari bayon qilingan bo'lim bilan ham tanishib chiqing.

GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 26

2013-11-28 �� 7:08:39

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: