Tovushli signalni o’chirib qo’yish, Idish tanlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung GE732KR
Страница 119
23
O'ZBEKCHA
TOVUSHLI SIGNALNI O’CHIRIB QO’YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
1. СТОП (STOP)
va СТАРТ (START)
tugmachalarini bir vaqtda bosing.
Natija:
Pech bundan buyon tugmachalar
bosilganda tovushli signal bermaydi.
2. Tovushli signalni yana yoqib qo’yish uchun СТОП
(STOP)
va СТАРТ (START)
tugmachalarini
bir vaqtda bosing.
Natija:
Pech yana tovushli signal bera
boshlaydi.
MIKROTO’LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto’lqinli pechda ichki o’rnatilgan xavfsizlik tizimi mavjud, u bola
yoki pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib
qo’ymasligi uchun pechdan foydalanishni blokirovka qilishga imkon beradi.
Pechni istalgan vaqtda blokirovka qilish mumkin.
1. СТОП (STOP)
va Часы (Soat) tugmachalarini
bir vaqtda bosing.
Natija:
Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni
tanlab bo'lmaydi).
2. Pechdan blokirovkani olib tashlash uchun yana
СТОП (STOP)
va Часы (Soat) tugmachalarini
bir vaqtda bosing.
Natija:
Pechdan odatdagidek foydalanish
mumkin.
IDISH TANLASH BO’YICHA QO’LLANMA
Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni
tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi
ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari,
ulardan mikroto’lqinli pechda foydalanish imkoniyati va usullari to'g'risida ma'lumot keltirilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto’lqinli
pechda
foydalanish
uchun yaroqliligi
Izohlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan himoya
qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin.
Folganing pech devoriga juda yaqin joylashishi yoki
folga juda ko’p miqdorda ishlatilishi elektr yoyi hosil
bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Qizartirish uchun idish
✓
Sakkiz daqiqadan ko’p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
✓
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak
bo’lmasa, mos keladi.
Poliefir toladan qilingan bir
martalik idish
✓
Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday
idishlarga solinib o’raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o’rami
• Polistirol stakanchalar va
konteynerlar
✓
Taomni isitish uchun ishlatish mumkin. Polistirolning
qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
• Qog’oz paketlar yoki
gazetalar
✗
Yong'in chiqish xavfi.
• Ikkilamchi xomashyodan
tayyorlangan qog’oz yoki
metall bezakli idish
✗
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
• Keyinchalik dasturxonga
tortgani isitish uchun
mo'ljallangan idish
✓
Metall bezagi bo’lmaganda, ishlatilishi mumkin.
• Yupqa shisha idish
✓
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish
mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi
yoki yorilishi mumkin.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 23
2013-11-28 �� 7:08:39