Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ МХ 5810

Страница 34

Advertising
background image

34

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

DIQQAT! Sovutgichning joyini o’zgartirishda uning eshigi, eshik

tutchiqi, bezakli qalqonchasini (agar bo’lsa) sindirib qo’ymaslik

uchun ulardan ushlamang.

10 KELIB CHIQISHI MUMKIN BO’LGAN NOSOZLIKLAR

VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

10.1 Iste’molchi tomonidan mustaqil tarzda bartaraf etilishi mumkin

bo’lgan nosozliklar 3 jadvalda ko’rsatilgan. Agarda nosozlikni mustaqil

tarzda bartaraf etishning iloji bo’lmasa, xizmat markazidan mexanikni

chaqirish kerak.

10.2 Xizmat markaziga murojaat qilinganda sovutgichning rusumi va

zavod tomonidan berilgan seriya raqamini ko’rsatish lozim.

11 Y O R I T I S H L A M PA S I N I A L M A S H T I R I S H

11.1 Yoritish lampasini almashtirishda yoritgichning konstruktsiyasini

inobatga olgan holda:

— sovutgichni elektr tarmog’idan o’chirish, shnur vilkasini rozetkadan

chiqaring;

— 10 rasmda belgilanganidek plafonni ko’rsatilgan yo’nalish bo’ylab

burang;

— 11 rasmda belgilanganidek vintni burab chiqaring, ko’rsatilgan

yo’nalish bo’ylab plafonni qismlarga ajrating;

— quvvati 15Vt dan baland bo’lmagan lampa bilan almashtiring;

— plafonni o’rnating va vintni burab kirgizing (agar bo’lsa).

1 2 U T I L I Z AT S I A Q I L I S H

12.1 Sovutgich upakovkasi uchun ishlatilgan materiallar to’liq qayta

ishlanishi va ikkilamchi xomashyo yig’ish punktlariga keltirilgan taqdirda

takroran ishlatilishi mumkin.

DIQQAT! Yosh bolalarga upakovka qilish materiallari bilan

o’ynashga ruxsat bermang, chunki karton korobkaning ichiga

kirib olib yoki upakovka plenkasiga o’ralashib qolib nafasi qaytishi

mumkin.

12.2 Utilizatsiya qilishga mo’ljallangan sovutgichni elektr ta’minoti

shnurlarini kesib yaroqsiz holga kelitirish lozim, mamlakat qonunchiligida

belgilangan tartibda utilizatsiya qilinishi kerak.

12.3 Sovutish tizimlarida mavjud bo’lgan xladagent R600a

mutaxassis tomonidan utilizatsiya qilinishi kerak. Hushyor bo’lish talab

etiladi va sovutish tizimining trubkalari utilizatsiya qilinguniga qadar

zararlanmaganligini nazorat qiling.

13 KAFOLAT MAJBURIYATLARI VA TEXNIK XIZMAT

13.1 Sovutgichdan foydalanishning kafolat muddati sovutgichni

etkazib berishda komplektga kiruvchi kafolat kartasida belgilangan.

Foydalanish kafolat muddati sovutgich sotilgan sanadan boshlab,

agar sotilgan sanasi belgilanmagan bo’lsa – ishlab chiqaruvchi zavod

tomonidan mahsulotlga berilgan raqamda ko’rsatilgan ishlab chiqarilgan

sanadan boshlab hisoblanadi (kafolat kartasiga qarang).

13.2 Komplektda keltirilgan yorituvchi lampa, shisha-tokcha,

plastmass buyumlar, bezakli qalchonchalar, tirgaklar, eshik zichlagichlari

va plastmas tutchiqlarga kafolat berilmaydi.

13.3 Kafolat majburiyatlari quyidagilarga holatlarda tatbiq qilinmaydi:

— xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlari ro’yxatiga kiritilmagan shaxslar

tomonidan ta’mirlanganda;

— mahsulotdan hamma turdagi harakatlanuvchi transportlarda

foydalanilganda;

— foydalanish bo’yicha qo’llanmada ko’rsatilgan joylashtirish, ulash,

foydalanish va xavfsizlik talablari qoidalariga amal qilinmaganda;

— buyumning va uning tarkibiga kiruvchi qisalarga mexanik, kimyoviy

va termik zararlar etkazilganda;

— ekstremal shartlar yoki bartaraf etib bo’lmaydigan kuchlar

(yong’in, tabiiy ofat) ta’siri ostida, qolaversa uy hayvonlari, hasharot va

kemiruvchilar sababli yuzaga kelgan nosozlik va zararlarda.

13.4 Foydalanish kafolat muddati davrida sovutgichning ishlash sifatini

tekshirish bepul amalga oshiriladi. Sovutgichni kafolatli ta’mirlash uchun

uni olib ketish va ta’mirdan so’ng uni qaytib olib kelish kafolatli ta’mirlovchi

tashkilotning mablag’i va kuchi evaziga amalga oshiriladi.

Tekshiruv natijasida muxlatgichning nosozligi tasdiqlanmasa,

transport harajatlarini sovutgich egasi servis xizmatining preyskuranti

bo’yicha to’laydi.

Nosozlikning kelib chiqishi sovutgichdan noto’g’ri foydalanilganligi

natijasida kelib chiqqan bo’lsa, transport va ta’mirlash harajatlarini

sovutgich egasi servis xizmatining preyskuranti bo’yicha to’laydi.

DIQQAT! Sovutgichni o’rnatish, ulash va buyumdan foydalanish

qoidalariga amal qilmaslik natijasida iste’molchining sog’lig’iga yoki

mulkiga, hayotiga etgan zarar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar

bo’lmaydi.

Iste’molchi, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining huquq va majburiyatlari

“Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun bo’yicha tartibga

solinadi.

13.5 Foydalanishning butun davri davomida texnik xizmat ko’rsatish

va sovutgichni ta’mirlash ishlari servis xizmatining malakali mutaxassisi

tomonidan amalga oshirilishi lozim.

13.6 Servis xizmatining joylashgan joyi haqidagi ma’lumotlarni

sovutgichni sotgan tashkilotdan, qolaversa, komplektda olib kelingan

servis xizmati ro’yxati orasidan topishi kerak.

DIQQAT! Servis xizmati mexanikidan sovutgichni ish davrida

bajarilgan barcha ishlar bo’yicha 4 jadvalnii (47 betga qarang)

to’ldirshni talab qiling.

3 Jadval

Kelib chiqishi mumkin bo’lgan

nosozlik

Ehtimoliy sabablar

Bartaraf etish usuli

Sovutgich elektr tarmog’iga

ulanganda ishlamayapti, Sovutish

kamerasi lampasi yonmayapti

Elektr tarmog’ida kuchlanish yo’q

Elektr tarmog’ida kuchlanish avjudligini tekshirish uchun

unga istalgan elektr asbobini ulang

Sovutgich shnuridagi vilka hamda elektr tarmog’idagi

rozetka o’rtasida kontakt yo’q

Shnurdagi vilka hamda rozetka o’rtasidagi kontaktni

ta’minlang

Ishlab turgan sovutgichda sovutish

kamerasining lampasi yonmayapti

Sovutish kamerasini yorituvchi lampa kuygan

11 bo’limga muvofiq yaroqli lampa bilan almashtiring

Shovqin darajasi yuqori

Sovutgich noto’g’ri o’rnatilgan

3 bo’limga muvofiq sovutgichni o’rnating

Sovutish kamerasida suv va

kondensat mavjud

Erigan suvni to’kish tizimi ahlat bilan to’lib qolgan

Ilovada keltirilganidek erigan suvni to’kish tizimini ahlatdan

tozalang

Kamerada harorat yuqori,

kompressor to’xtovsiz ishlamoqda

Eshik yaxshi yopilmagan

Sovutgich eshigini yaxshilab yoping.

Foydalanish shartlari buzilgan

1.3, 3.1, 3.2 bandlar bajarilishini ta’minlang

Kameradagi harorati noto’g’ri belgilangan

Haroratni tartibga solish

Mahsulotlarda, No Frost tizimiga

ega sovutgichlardagi Muzlatish

kamerasining tarkibiy elementlarida

qirov yuzaga kelishi

Muzlatish kamerasining orqa devorida joylashgan

No Frost tizimi havo kanallari to’silib qolgan

Muzlatish kamerasining orqa devorida joylashgan

No Frost tizimi havo kanallarini bo’shating.

Eshikning tez-tez ochilishi.

Eshikning davomiy ochilib turilishi

No Frost tizimi ishlab turishi yordamida eshik yopilishi

bilan qirov yo’qoladi

10 Rasm

11 Rasm

plafon

vint

Advertising