Texnik ta’mirlash, Nosozliklarni bartaraf qilish, Televizorni tozalash – Инструкция по эксплуатации LG 28LB457U

Страница 124: Ehtiyot bo'ling, Ekran, rama, korpus va tayanch, Quvvat manbaiga ulash shnuri

Advertising
background image

TEXNIK TA’MIRLASH / NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH

22

ESP

O'ZBEKCHA

TEXNIK TA’MIRLASH

Televizorni tozalash

Eng yaxshi darajada ishlashini ta'minlash va mahsulotning xizmat ko'rsatish muddatini uzaytirish uchun televizorin-

gizni muntazam ravishda tozalab boring.

EHTIYOT BO'LING

y

Eng avval televizorni o'chirganligingiz va quvvat manbaiga ulash shnuri hamda boshqa barcha kabellarni

uzib qo'yganligingizga ishonch hosil qiling.

y

Televizor uzoq vaqt davomida foydalanilmagan holda qoldirilganda chaqmoq yoki kuchlanishdagi sakrashlar

natijasida yetkazilishi mumkin bo'lgan zararning oldini olish uchun quvvat manbaiga ulash shnurini

rozetkadan uzib qo'ying.

Ekran, rama, korpus va tayanch

y

Chang yoki yengil kirni ketkazish uchun yuzalarni quruq, toza va yumshoq latta bilan arting.

y

Asosiy kirni ketkazish uchun yuzalarni toza suv yoki yumshoq kir yuvish vositasi eritmasi bilan namlangan

yumshoq lattada arting. Keyin darhol quruq latta bilan artib yuboring.

EHTIYOT BO'LING

y

Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.

y

Ekran yuzasini tirnog'ingiz yoki o'tkir buyumlar bilan siljitmang, ishqalamang yoki tegib ketmang, chunki bu

ekran tirnalishiga va tasvir buzilishiga olib kelishi mumkin.

y

Kimyoviy moddalardan foydalanmang, chunki bu mahsulotga zarar yetkazishi mumkin.

y

Ekran yuzasiga suyuqlik sepmang. Televizor ichiga suvning kirishi yong'in, elektr toki urishi yoki qurilmaning

noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

Quvvat manbaiga ulash shnuri

Quvvat manbaiga ulash shnurida to'plangan chang yoki kirni muntazam ravishda tozalab boring.

NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH

Muammo

Yechim

Televizorni masofadan

boshqarish pulti orqali

boshqarishning iloji

yo’q.

y

Mahsulot masofadan boshqarish pulti sensorini tekshiring va qaytadan urinib ko’ring.

y

Mahsulot va masofadan boshqarish pulti orasida hech qanday to’siqning mavjud

emasligini tekshiring.

y

Batareyalarning ishlayotganligi va to'g'ri ( ga, ga) o'rnatilganligini tekshiring.

Tasvir namoyishi va

ovoz mavjud emas.

y

Mahsulotning yoqilganligini tekshiring.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga ulanganligini tekshiring.

y

Boshqa qurilmalarni ulab ko'rish yo'li bilan rozetkaning ishlayotganligini tekshirib

ko'ring.

Televizor to'satdan

o'chib qoladi.

y

Quvvat boshqaruvi sozlanmalarini tekshiring. Quvvat ta'minoti uzilgan bo'lishi mumkin.

y

Avto-kutish rejimi (Rusumga bog’liq ravishda) / Vaqtni o'chirish / Tungi rejim

taymeri xususiyati VAQT sozlanmalarida faollashtirilganligini tekshiring.

y

Televizor yoqilgan vaqtda signal mavjud bo'lmasa, 15 daqiqalik faolsizlikdan keyin tel-

evizor avtomatik ravishda o'chadi.

Shaxsiy kompyuterga

(HDMI/ DVI orqali)

ulanganda "Signal

yo'q" yoki "Noto'g'ri

format" yozuvlari

chiqadi.

y

Masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda televizorni o’chirib yoqing.

y

HDMI kabelini qaytadan ulang.

y

Televizor yoqilgan holda kompyuterni o'chirib yoqing.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: