Инструкция по эксплуатации LG 28LB457U

Страница 106

Advertising
background image

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

4

ESP

O'ZBEKCHA

y

Yomg'irning sizib kirishining oldini olish uchun antenna kabelini bino ichi va tashqa-

risida buking. Aks holda, bu mahsulot ichiga suvning oqib kirishiga sabab bo’lishi va

elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Televizorni devorga o'rnatishda elektr toki urishi/yong'in chiqishi xavfi kelib chiqmas-

ligi uchun uning mustahkam o'rnatilganligi va televizorning orqa tarafidagi kabellar

ing izolyatsiyalanganligiga ishonch hosil qiling.

y

Ko'p tirqishli rozetkaga haddan tashqari ko'p elektr qurilmalarini ulamang. Aks holda,

ortiqcha qizib ketish oqibatida yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Tashqi qurilmalarni ulaganda mahsulotning ag’darilib yoki tushib ketishiga yo'l

qo'ymang. Aks holda, jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.

y

Namlanishdan himoyalovchi qadoq yoki vinil qadoqni bolalarning qo'llari yet-

maydigan joyda saqlang.

Namlanishga qarshi material yutib yuborilganda hayot uchun xavflidir. Bilmasdan

yutib yuborilgan hollarda bemorni qayt qilishga majbur qiling va eng yaqin joylash-

gan

shifoxonaga olib boring. Bundan tashqari, vinil qadoq ashyosi bo'g'ilishga olib kelishi

mumkin. Uni bolalarning qo'llari yetmaydigan joyda saqlang.

y

Farzandlaringizning televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga yo'l qo'ymang. Aks

holda, televizor ag’darilishi va jiddiy jarohat yetkazishi mumkin.

y

Yosh bolalar batareyalarni yutib yubormasliklariga ishonch hosil qilish uchun yaroq-

siz batareyalarni axlatga tashlang. Iltimos, bola batareyani yutib yuborgan hollarda

darhol shifokor huzuriga boring.

y

Vilka devordagi kirish joyiga ulangan hollarda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi va

devordagi rozetka orasiga metal buymlar/o'tkazgichlarni (masalan, ovqatlanish uchun

metal cho'p/oshxona asboblari/otvyortrka kabilarni) qo'ymang. Bundan tashqari, elektr

manbaiga ulash kabeliga uni devordagi rozetkaga ulagandan so’ng darhol tegmang.

Aks holda, elektr toki zarbiga uchrashingiz mumkin. (Rusumga bog'liq ravishda)

y

Yonuvchan moddalarni mahsulot yaqiniga qo'ymang yoki saqlamang. Yonuvchan

moddalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo'lish yonish, portlash yoki yong'in chiqish

xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Tanga, soch to'g'nag'ichi, tayoqcha yoki sim kabi metal buyumlar yoki qog'oz va gu-

gurt kabi yonuvchan buyumlarning mahsulot ustiga tushib ketishiga yo'l qo'ymang.

Bolalar alohida e'tibor qaratishlari lozim. Elektr toki urishi, yong'in yoki shikastlanish

sodir bo'lishi mumkin. Agar begona buyumlar mahsulot ustiga tushib ketsa, uni quv-

vat manbaidan uzing va xizmat ko'rsatish bo’limiga murojaat qiling.

y

Mahsulotga suv sachratmang yoki yonuvchan moddalar (erituvchi yoki benzin) bilan

ishqalab artmang. Yong'in yoki elektr toki urishi halokati sodir bo'lishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: