Yig'ish va tayyorlash, Qutini ochish va uni bo’shatish, Eslatma – Инструкция по эксплуатации LG 28LB457U

Страница 111: Ehtiyot bo'ling

Advertising
background image

YIG'ISH VA TAYYORLASH

9

ESP

O'ZBEKCHA

ESLATMA

y

Ko'rsatilgan tasvir televizoringizdagidan farqlanishi mumkin.

y

Televizoringizdagi OSD (displey ekrani) ushbu qo'llanmada ko'rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin.

y

Mavjud menyular va parametrlar kirish manbasi yoki siz foydalanayotgan mahsulot rusumingizdagidan farq

qilishi mumkin.

y

Kelajakda ushbu televizorga yangi funksiyalar qo'shilishi mumkin.

y

Elektr quvvati iste'molini kamaytirish uchun ushbu televizor kutish rejimiga qo'yilishi mumkin. Agar televizor

ma'lum vaqt ko'rilmasa, u o'chirib qo'yilishi kerak, chunki bu quvvat iste'molini kamaytiradi.

y

Tasvirning ravshanlik darajasi kamaytirilsa, foydalanish vaqtidagi quvvat iste'moli anchagina tejalishi mumkin

va bu umumiy foydalanish xarajatlarini kamaytiradi.

YIG'ISH VA TAYYORLASH

Qutini ochish va uni bo’shatish

Mahsulot qutisi ichida quyidagilarning mavjudligini tekshiring. Agar birorta yordamchi qurilma mavjud bo'lmasa,

mahsulotingiz xarid qilingan mahalliy dilerga murojaat qiling. Ushbu qo'llanmadagi suratlar haqiqiy mahsulot va

buyumdan farq qilishi mumkin.

EHTIYOT BO'LING

y

Xavfsizlik va mahsulotning ishlash muddatini kafolatlash uchun ruxsat berilmagan buyumlardan

foydalanmang.

y

Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan har qanday zararlar yoki shikastlanishlar

ushbu kafolat bilan qamrab olinmaydi.

y

Ayrim rusumlarning ekraniga yupqa parda yopishtirilgan bo'lishi mumkin va ushbu parda olib tashlanmasligi

kerak.

ESLATMA

y

Mahsulotingiz bilan yetkazib beriladigan buyumlar rusumga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin.

y

Mahsulot xususiyatlari yoki ushbu qo'llanma mazmuni mahsulot funksiyalarining yangilanishi tufayli avvaldan

ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.

y

Eng maqbul darajada ulanish uchun HDMI kabellari va USB qurilmalari qalinligi 10 mmdan, kengligi 18

mmdan kamroq bo'lgan uyachalarga ega bo'lishi kerak. USB kabeli yoki USB xotira kartasi televizoringizdagi

USB portiga mos kelmagan hollarda USB 2.0ga mos uzaytirma kabeldan foydalaning.

A

B

A

B

*A

<

=

10 mm

*B

<

=

18 mm

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: