Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U

Страница 133

Advertising
background image

7

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

y

Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishining oldini olish uchun quyidagi o’rnatish

bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.

- Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo’lishi kerak.

- Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy

shkafga) o’rnatmang.

- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.

- Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganligiga

ishonch hosil qiling.

Aks holda bu yong’in chiqishiga olib kelishi mumkin.

y

Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga tegib

ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo’lishi mumkin. Bu

mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta’sir ko’rsatmaydi.

y

Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring. Agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo bo’lsa,

uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to’xtating va vakolatli texnik xodim yordamida shnurni xuddi

shunday yangi shnur bilan almashtiring.

y

Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to’planishiga yo’l qo’ymang.

Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo’yish yoki ustidan yurish

kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va qurilmaga

shnur ulangan nuqtalarga alohida e’tibor bering.

y

Panelni qo’l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o’tkir narsalar bilan qattiq bosmang yoki

uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

y

Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’ingiz/barmoqlaringizni uning

ustiga qo’yib turishdan saqlaning. Aks holda bunday qilish ekranning vaqtinchalik yoki

butunlay buzilishiga yoki tasvirlarning noto’g’ri namoyishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog’idan uzing va

yumshoq latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil bo’lishi yoki

asl rangining yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang yoki ho’l latta

bilan artmang. Hech qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uchun yoki sanoatda

qo’llaniladigan yaltiratuvchilar, abraziv materiallar yoki mum, yoqilg’i, spirt kabilardan

foydalanmang; bular mahsulot va uning paneliga zarar yetkazishi mumkin.

Aks holda bu yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki mahsulotga zarar yetishi

(deformatsiyalanishi, chirishi yoki buzilishi)ga sabab bo’lishi mumkin.

y

Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo’lar ekan, hattoki siz ushbu qurilmani

YOQISH VA O’CHIRISH MOSLAMASIdan o’chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.

y

Kabelni rozetkadan uzishda vilkani ushlang va vilkadan tortgan holda uni rozetkadan

sug’urib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish uchun shnurdan

tortmang, chunki bu xavfli bo’lishi mumkin.

y

Mahsulotni siljitishda avval uning o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin elektr

tarmog’iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni uzing.

Televizor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi mumkin, bu esa yong’in

chiqishi xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: