Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U

Страница 130

Advertising
background image

4

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

y

Televizorni devorga o’rnatishda elektr toki urishi/yong’in chiqishi havfi kelib chiqmasligi

uchun uning mustahkam o’rnatilganligi va televizorning orqa tarafidagi kabellarning

izolyatsiyalanganligiga ishonch hosil qiling.

y

Ko’p tirqishli rozetkaga haddan tashqari ko’p elektr qurilmalarini ulamang.

Aks holda ortiqcha qizib ketish oqibatida yong’in xavfi kelib chiqishi mumkin.

y

Tashqi qurilmalarni ulaganda mahsulotning ag’darilib ketishiga yoki tushib ketishiga yo’l

qo’ymang.

Aks holda jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.

y

Namlanishdan himoyalovchi yoki vinil qadoqni bolalarning qo’llari yetmaydigan joyda

saqlang.

Namlanishga qarshi material yutib yuborilganda hayot uchun xavflidir. Bilmasdan

yutib yuborilgan hollarda bemorni qayt qilishga majbur qiling va eng yaqin joylashgan

shifoxonaga olib boring. Bundan tashqari, vinil qadoq ashyosi bo’g’ilishga olib kelishi

mumkin. Uni bolalarning qo’llari yetmaydigan joyda saqlang.

y

Farzandlaringizning televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga yo’l qo’ymang.

Aks holda televizor ag’darilishi va jiddiy jarohat yetkazishi mumkin.

y

Yosh bolalar batareyalarni yutib yubormasliklariga ishonch hosil qilish uchun yaroqsiz

batareyalarni axlatga tashlang.

Iltimos, bola batareyani yutib yuborgan hollarda darhol shifokor huzuriga boring.

y

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi devordagi kirish joyiga ulangan hollarda u va

devordagi rozetka orasiga metal buyumlar/o’tkazgichlarni (masalan, ovqatlanish uchun

metal cho’p/oshxona asboblari/otvyortka kabilarni) qo’ymang. Bundan tashqari, elektr

manbaiga ulash kabeliga uni devordagi rozetkaga ulagandan so’ng darhol tegmang.

Aks holda elektr toki zarbiga uchrashingiz mumkin.

(Rusumga qarab farqlanishi mumkin)

y

Yonuvchan moddalarni mahsulot yaqinida qoldirmang yoki saqlamang.

Yonuvchan moddalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo’lish yonish, portlash yoki yong’in

chiqish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Tanga, soch to’g’nag’ichi, tayoqcha yoki sim kabi metal buyumlar yoki qog’oz va gugurt

kabi yonuvchan buyumlarning mahsulot ustiga tushib ketishiga yo’l qo’ymang. Bolalar

alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Elektr toki urishi, yong’in yoki shikastlanish sodir bo’lishi mumkin. Agar begona

buyumlar mahsulot ustiga tushib ketsa, quvvat manbaidan uzing va xizmat ko’rsatish

bo’limiga murojaat qiling.

y

Mahsulotga suv sachratmang yoki yonuvchan moddalar (erituvchi yoki benzin) bilan

ishqalab bilan artmang. Yong’in yoki elektr toki urishi halokati sodir bo’lishi mumkin.

y

Ushbu jihozga hech qanday ta’sir, zarbaning bo’lishiga yoki ustiga buyumlarning tushib

ketishiga yo’l qo’ymang hamda ekran ustiga hech narsani tashlamang.

O’zingiz jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: