Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ ММ 184

Страница 25

Advertising
background image

25

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

elektr tarmog‘idan uzgan holda

va uni devordan surib turib,

muzlatkichning orqa devorini va

kondensatorni 6-rasmga muvofiq

changyutkich bilan tozalab turish

tavsiya etiladi.

7 . 5

M u z l a t k i c h d a

penopoliuretandan tayyorlangan
issiqlikni saqlovchi materialdan
foydalaniladi, u vaqt o‘tishi bilan
kirishish beradi. Penopoliuretanning
kirishishi natijasida muzlatkich
yuzalarida unchalik katta bo‘lmagan
notekisliklar paydo bo‘lishi mumkin

bo‘lib, u muzlatkich ishiga ta’sir qilmaydi va issiqlikni saqlashi
yomonlashmaydi.

8 S AQ L A S H VA TA S H I S H Q O I DA L A R I

8.1 O‘ramga solingan muzlatkich nisbiy namligi 80% dan ortiq

bo‘lmagan, tabiiy shamollatishga ega bo‘lgan yopiq joylarda saqlanishi
lozim.

8.2 Agar muzlatkichdan uzoq muddat foydalanilmaydigan bo‘lsa,

uni elektr tarmog‘idan uzish, barcha mahsulotlarni chiqarib olish,
muzidan tushirish, tozalash lozim. Muzlatkichda noxush hid paydo
bo‘lmasligi uchun, tozalangandan so‘ng uning eshiklarini yarim
ochilgan holda qoldirish kerak.

8.3 Muzlatkichni tashishni ish holatida turishida (vertikal holda),

har qanday turdagi yopiq transportda, uni mustahkam ravishda
mahkamlagan holda amalga oshirish kerak.

Yuklash-tushirish ishlari davomida muzlatkichni zarbli ta’sirlarga

solish

MAN ETILADI.

DIQQAT! Sinib qolmasligi uchun, muzlatkichni uning maskasi,

eshigi, eshik dastagi va dekorativ qoplamasidan ushlagan holda

joydan-joyga ko‘chirmang.

9 YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKLAR

VA ULARNI BARTARAF ETISH USLUBLARI

9.1 Iste’molchi tomonidan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan

nosozliklar 2-jadvalda keltirilgan. Agar nosozlikni mustaqil ravishda
bartaraf eta olinmagan bo‘lsa, servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.

9.2 Yuqori harorat indikatori (agar bo‘lsa) uzoq muddat yoqilib

tursa, servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.

9.3 Agar muzlatkichning boshqaruv blokida «F1» yonsa yoki

24 soat davomida «L», «H» chiroqlari yonib-o‘chib tursa, nosozlikni
bartaraf etish uchun servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.

9.4 Servis xizmatiga murojaat etilganda muzlatkichning rusumi va

zavod raqamini aytish lozim.

1 0 U T I L I Z AT S I YA Q I L I S H

10.1 Muzlatkichni o‘rash uchun foydalaniladigan materiallar

ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalariga kelib tushsa, ularni
to‘liq qayta ishlash va takroran foydalanilishi mumkin.

DIQQAT! Bolalarga o‘ram materiallari bilan o‘ynashlariga

ruxsat bermang, chunki karton qutida yopinib olib yoki o‘ram

plyonkasiga o‘ralashib qolib, dimiqib qolish mumin.

kondensator

6-

Rasm

10.2 Utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan muzlatkichni, elektr ta’minot

shnurini kesib tashlash yo‘li bilan undan foydalanib bo‘lmaydigan holga
keltirish kerak va mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq
utilizatsiya qilish lozim.

10.3 Sovutish tizimining naychalari utilizatsiyaga qadar shikastla-

nmasligiga diqqat-e’tiborda bo‘lish lozim. Sovutish tizimidagi R600a
xladagenti mutaxassis tomonidan utilizatsiya qilinishi lozim.

1 1 K A F O L AT M A J B U R I YAT L A R I VA T E X N I K

X I Z M AT KO ‘ R S AT I S H

11.1 Muzlatkichning kafolatli foydalanish muddati 3 yilni

tashkil qiladi.

Kafolat muddati sotish sanasidan boshlab hisoblanadi, sotish

haqidagi belgi bo‘lmagan taqdirda – mahsulotning zavod raqamida
ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan boshlab hisoblanadi.

11.2 Yetkazib berish to‘plamiga kiruvchi plastmassa jihozlar,

dekorativ qoplama, tirgaklar, eshik zichlashtirgichi va eshikning
plastmassa dastagi uchun kafolat amal qilmaydi

11.3 Kafolat majburiyatlari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
– servis tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar tomnidan

ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga;

– mahsulotdan barcha turdagi harakatlanuvchi transportda

foydalanish hollarida;

– foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada bayon etilgan o‘rnatish, ulash,

foydalanish qoidalari va xavfsizlik talablariga rioya etilmaganda;

– mahsulot va uning tarkibiy qismlariga mexanik, kimyoviy va

termik shikastlar yetgan bo‘lsa;

– ekstremal sharoitlar yoki yengib bo‘lmas kuchlar (yong‘in, tabiiy

ofatlar va xk.), shuningdek uy hayvonlari, xasharotlar va kemiruvchilar
ta’siri natijasida kelib chiqqan nosozliklar va shikastlar.

11.4 Kafolatli foydalanish muddati ichida muzlatkich ishlashining

sifatini tekshirish bepul amalga oshiriladi. Muzlatkichni kafolatli ta’mi-
rlashga olib keltirish va ta’mirlagandan so‘ng uni qaytarib olib ketish
kafolat xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar kuchi va mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi.

Agar muzlatkichni tekshirish natijasida uning kamchiliklari tasdiql-

anmasa, transport xarajatlarini servis xizmatining preyskuranti buyicha
muzlatkich egasi to‘laydi.

Muzlatkichdan foydalanish shartlarining buzilishi natijasida noso-

zlik vujudga kelgan taqdirda, transport xarajatlari va ta’mirlash haqini
servis xizmatining preyskuranti buyicha muzlatkich egasi to‘laydi.

11.5 Butun xizmat muddati davomida muzlatkichga texnik xizmat

ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlari servis xizmatining malakali mexanigi
tomonidan amalga oshirilishi lozim.

DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) mahsulotni o‘rnati-

sh, ulash va foydalanish qoidalariga rioya etilmasligi natijasida

iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga yetkazilgan zarar

uchun javobgarlikka ega emas.

Iste’molchining, sotuvchining va ishlab chiqaruvchining huquq va

majburiyatlari «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqida»gi
Qonun bilan belgilanadi.

11.6 Servis xizmatining qayerda joylashganligi haqidagi ma’lum-

otlarni muzlatkichni sotgan tashkilotdan, shuningdek yetkazib berish
to‘plamiga kiritilgan servis tashkilotlari ro‘yxatidan olish mumkin.

DIQQAT! Muzlatkichning butun xizmat muddati ichida, ser-

vis xizmati mexanigidan bajarilgan ishlar buyicha 3-jadvalning

to‘ldirib berilishini talab qiling (35-betga qarang).

Jadvali 2

Ehtimoliy nosozlik

Ehtimoliy sababi

Bartaraf etish usuli

Elektr tarmog‘iga ulangan

muzlatgich ishlamayapti, indi-

katorlar yonmayapti

Elektr tarmog‘ida kuchlanish mavjud emas

Tarmoqqa istalgan maishiy elektr uskunasini ulab, elektr

tarmog‘ida kuchlanish mavjudligi tekshirish

Muzlatgichning quvvat yetkazish shnuri

ayrisi va elektr tarmog‘i rozetkasi o‘rtasida

aloqa mavjud emas

Quvvat yetkazish shnuri ayrisi bilan rozetkaning aloqasini

ta’minlash

Muzlatgich ishida g‘uvillash

darajasi ko‘tarilgan

Muzlatgich noto‘g‘ri o‘rnatilgan

Muzlatgichni 3 bo‘limga muvofiq o‘rnatish

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: