Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ ММ 184

Страница 24

Advertising
background image

24

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Jadvali 1 – Muzlatilgan (uy sharoitlarida) oziq-ovqat mahs-

ulotlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar

Oziq-ovqatlar

Saqlash mud-dati, oy

Yangi baliq, dengiz mahsulotlari

3 gacha

Sariyog‘, pishloq (sortiga bog‘liq holda),
pishiriqlar

6 gacha

Hom go‘sht, parranda

9 gacha

Sabzavotlar, mevalar, reza mevalar

12 gacha

– sutkasiga 5 kg gacha (M-7201-XXX, M-7203-XXX,

M-7204-XXX rusumlarida);

– qolgan rusumdagi muzlatkichlarda - sutkasiga 4 kg gacha.

5.2.3 Massasi 8 kg dan ortiq bo‘lgan yangi mahsulotlarni muzlat-

kich polkalarida «Muzlatish» rejimida (agar bo‘lsa) (5.1.3 ga qarang)
bir yoki ikkita savatni chiqarib tashlab (mahsulot miqdoriga qarab)
muzlatish tavsiya etiladi.

Muzlatkichda mahsulotlar orasida havo aylanishini ta’minlash

maqsadida mahsulotlar orasida bo‘sh oraliq bo‘lishi lozim, mahsulotlar
bug‘latgich polkasining chetidan yoki muzlatkich ichidagi yon yuzalarga
chizilgan joylash chegarasidan (agar bo‘lsa) chiqib qolmasligi zarur.

5.2.4 Chuchvara, unchalik katta bo‘lmagan go‘sht bo‘laklari, re-

zavorlar va shu kabilarni muzlatish uchun mo‘ljallangan idishga solish
tavsiya etiladi (agar bo‘lsa). Mahsulotlar muzlagach, ularni o‘rash lozim
va saqlash uchun savatga solinadi.

DIQQAT! Muzlagan mahsulotlarning harorati oshishini va

ularni saqlash muddatini qisqarishining oldini olish maqsadida,

muzlatish uchun solinadigan yangi mahsulotlarning va avval qo-

‘yilgan mahsulotlarning bir-biriga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymang.

5.3. MUZLAGAN MAHSULOTLARNI JOYLASHTIRISH

5.3.1 Elektr energiyasi uzatilishida buzilish yuzaga kelishi, muzlatk-

ichning ishdan chiqishi va shu kabi holatlarda muzlatkichda past harorat
uzoqroq saqlanishi uchun, muzlagan mahsulotlar imkoni boricha bir-
biriga yaqin joylashtiriladi.

DIQQAT! Elektr energiyasi sarfini tejash uchun, muzlagan

mahsulotlarni muzlatkich polkalaridan savatlarga o‘z vaqtida

joylashtirib turing.

5.3.2 Mahsulotlarni solish va chiqarishda savatlar oxirigacha joyiga

kirgaziladi, tozalayotganda esa bandidan yuqoriga ko‘tarib turgan
holda chiqarib olinadi. Savatlarning muzlatkich ichida harakatlanish
qulayligi uchun uning yon yuzalarida 5-rasmga muvofiq dastalar
ko‘zda tutilgan. Turli rusumlarda savatlarning dizayni 5-rasmdagidan
farq qilishi mumkin.

5.4 MUZLATKICHNI MUZDAN TUSHIRISH VA TOZALASH

5.4.1 Muzlatkich ichidagi sovutuvchi yuzada qalinligi 5 dan 7 mm

gacha bo‘lgan zich qor qoplami paydo bo‘lsa, muzlatkichni muzdan
tushirish va uni tozalash tavsiya etiladi. Qor qoplami sovuqning oziq-
ovqat mahsulotlariga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.

Sovutish agregatiga zarar yetishini oldini olish maqsadida, qor

qoplamini metall predmetlar bilan olib tashlash

MAN ETILADI.

5.4.2 Muzlatkichni har bir muzdan tushirilgandan so‘ng, lekin

yiliga kamida ikki marotaba tozalab turish tavsiya etiladi.

5.4.3 Muzlatkichni muzdan tushirish va tozalash uchun

quyidagilarni bajarish lozim:

– elektr ta’minoti shnurini rozetkadan chiqarib, muzlatkichni elektr

tarmog‘idan uzish;

– oziq-ovqatlar va tarkibiy qismlarni chiqarib olish;
– muzlatkich eshigini ochiq qoldirish;
– erigan suvni ilovaga muvofiq yig‘ish;
– muzlatkich 4.2 ga muvofiq tozalash, quritib oartish.

DIQQAT! Muzlatkichda noxush hid paydo bo‘lishining oldini

olish maqsadida muzlatkich ichini, tarkibiy qismlarini, eshik

zichlagichini, shuningdek zichlagichning eshikka tegib turuvchi

qismini yaxshilab yuving.

5.5 MUZLATKICHNI O‘CHIRISH

5.5.1 Muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish uchun uning elektr

ta’minoti shnurini rozetkadan chiqarish kerak.

6 O Z I Q - O VQAT L A R N I S AQ L A S H , M U Z L AT I S H

B O ‘ Y I C H A TAV S I YA L A R

6.1 OZIQ-OVQATLARNI MUZLATISH VA SAQLASH

6.1.1 Oziq-ovqatlar hidi, rangi, namligi va sarhilligini saqlab qolishi

uchun, ularni o‘ramida yoki zich yopilgan idishda saqlash lozim.

6.1.2 Muzlatiladigan oziq-ovqatlarni bo‘laklarga bo‘lish va paketga

o‘rash lozim. Muzlatiladigan mahsulotning qatlami qanchalik ingichka
bo‘lsa, muzlash shunchalik jadal kechadi, mahsulotning sifati yuqoriroq
hamda uni saqlash muddati uzoqroq bo‘ladi. O‘ram mahsulotga jips
bo‘lib tegib turishi va germetik ravishda yopilgan bo‘lishi kerak.

Muzlatkichda muzlagan (uy sharoitida) oziq-ovqat mahsulotlarini

saqlash muddatlari buyicha tavsiyalar 1 – jadvalda keltirilgan.

DIQQAT! Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ishlab

chiqaruvchining o‘ramida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya qiling.

6.2 OZIQ UCHUN MUZ TAYYORLASH

6.2.1 Muz uchun shaklni to‘rtdan uch qismigacha ichimlik suvi

bilan to‘ldiring va uni muzlatkich savatiga (pastkisidan tashqari) joyl-
ashtirish lozim.

6.2.2 Shakl asosi 3 dan 5 soniyagacha iliq suvga botirilsa, so‘ngoa

shaklni to‘nkarib, biroz bukilsa, muz kubiklari osonroq ko‘chadi.

DIQQAT! Muzlab yopishib qolishining oldini olish uchun,

muz kubiklarini muz shaklidan chiqarib olingan zahotiyoq og-

‘zingizga solmang va muzlagan mahsulotlarga ho‘l qo‘lingiz

bilan tegmang.

6.3 Quyidagilar tavsiya etilmaydi:
– muzlatkichga qaynoq mahsulotlarni qo‘yish. Ularni avval xona

haroratigacha sovutish lozim;

– muzidan tushirilgan mahsulotlarni takroran muzlatish.

7 MUZLATKICH ISHLASHIDAGI O‘ZIGA XOS JIHATLAR

7.1 Agar endigina yopilgan muzlatkich eshigini ochishning iloji bo‘lmay

qolsa, muzlatkich ichidagi bosim tashqi bosim bilan teglashgunga qadar
1 dan 3 daqiqagacha kutish, so‘ngra eshikni ochish lozim.

7.2 Muzlatkich ishlashi shovqinlar bilan kechadi, u funksional

xarakterga ega bo‘lib, biror-bir nuqson bilan bog‘liq emas.

Muzlatkichda belgilangan haroratni ushlab turish uchun, uning

kompressori davriy ravishda ishga tushirilib va o‘chirilib turiladi. Bunda
yuzaga kelgan shovqinlar, muzlatkichda ishchi harorat o‘rnatilgach,
avtomatik ravishda pasayadi.

Jildirab oqish tovushlari sovutish tizimi naychalari orkali xladagent

oqayotganligidan dalolat beradi, ehtimoliy qirsillash ovozlari metallning
haroratga oid kengayishi bilan bog‘liq.

7.3 Muzlatkichdan foydalanish jarayonida qo‘shimcha shovqinlar

manbaalari yuzaga kelishi mumkin.

Shovqinning kuchayishi muzlatkichning hamda uning ichidagi

tarkibiy qismlarning noto‘g‘ri joylashtirishganligi natijasida kelib
chiqishi mumkin. Muzlatkichni va uning ichidagi tarkibiy qismlarni qayta
joylashtirib, shovqinni pasaytirish mumkin.

Shuningdek, agar muzlatkichni tashish (joydan-joyga ko‘chirish yoki

tozalagandan keyin noto‘g‘ri joylashtirish)dan so‘ng muzlatkichning
ayrim unsurlari (kondensator, naychalar, simlar) bir-biriga tegib
qolgan bo‘lsa, ular ham shovqin manbaalari bo‘lib qolishi mumkin.
Muzlatkich unsurlari holatini rostlagach yoki ularni to‘g‘ri holatda
o‘rnatgach, muzlatkich ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish
mumkin bo‘ladi.

7.4 Muzlatkich shkafi uning eshigi perimetri bo‘ylab qiziydi,

bu kondensat paydo bo‘lishini oldini oladi. Qizish harorati tashqi
muhitning haroratiga, muzlatkichda saqlanayotgan mahsulotlar
miqdori, shuningdek kondensatorning ifloslanganligiga bog‘liq. Ishlash
jarayonida qizishning oshishi nosozlik hisoblanmaydi.

DIQQAT! Bir yilda kamida ikki marotaba, muzlatkichni

dastak

dastak

dastak

5-

Rasm

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: