Muzlatkich – Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ ММ 184

Страница 22

Advertising
background image

22

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

2 X AV F S I Z L I K TA L A B L A R I

2.1 Muzlatkich – maishiy elektr asbobi hisoblanadi, shuning uchun

undan foydalanishda elektr xavfsizligi borasidagi umumiy qoidalarga
rioya etilishi kerak.

2.2 Pribor jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyatlari past bo‘lgan

shaxslar (jumladan bolalar) yoki hayotiy tajriba va tegishli bilimlarga ega
bo‘lmay turib, nazorat ostida bo‘lmagan yoki ularning xavfsizligi uchun
mas’ul shaxs tomonidan yo‘l-yo‘riqnoma olmagan shaxslar tomonidan
foydalanishga mo‘ljallanmagan.

Bolalar asbobni o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular nazorat

ostida bo‘lishlari lozim.

2.3 Elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalash turi jihatidan

muzlatkich I sinf toifasiga kiradi va u ikki qutbli, yerga ulangan elektr
tarmog‘iga ulanishi lozim.

Yerga ulangan kontaktli rozetkani o‘rnatish uchun malakali

elektrikka murojaat etish lozim. Rozetka muzlatkichni shoshilinch
holatlarda tashqi elektr tarmog‘idan oson o‘chirish imkoniyati bo‘lgan
joyda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Yerga ulashni gaz, isitish, vodoprovod yoki kanalizatsion qurilma

orqali o’tkazish

MAN ETILADI.

DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (Sotuvchi) ulash bo’yicha

ko’rsatilgan talablarga rioya qilmagalik natijasida sog’liqqa yoki

mulkka yetkazilgan zararni qoplab berish bo’yicha javobgar

bo’lmaydi.

2.4 Muzlatkichni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin shnur va

vilkaga shikast yetmaganligini ko‘zdan kechirib chiqish lozim. Elektr
tarmog‘i shnuriga shikast yetgan bo‘lsa, uni ishlab chiqaruvchi yoki
servis xizmatidan olingan huddi shunday shnur bilan almashtirish lozim.

2.5 Quyidagi hollarda elektr ta’minoti shnuri vilkasini rozetkadan

sug‘urgan holda, muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish kerak:

– uni joydan-joyga ko‘chirganda;
– uning ostidagi polni yuvayotganda;
– uzoq muddatga (14 kundan ortiq) boshqa joyga ketganda.

DIQQAT! Muzlatgich ishlab turganda kompressor qiziydi va

unga tekkanda kuyib qolishga sabab bo’lishi mumkin.

2.6 Muzlatkichning sovutish tizimida izobutan (R600a)

xladagenti mavjud.

DIQQAT! Sovutish tizimi konturi shikastlanishiga

yo‘l qo‘ymang.

DIQQAT! Muzdan tushirish (eritish) jarayonini

tezlatish uchun mexanik qurilmalar yoki boshqa

vositalardan foydalanmang.

Qor qoplamasini olib tashlash uchun muzlatgich dan

foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada tavsiya etilmagan predmet va

qurilmalardan foydalanmang.

DIQQAT! Muzlatgich ichida elektr asboblaridan foydalanmang.

DIQQAT! Sovutish tizimi konturi shikastlanganida xonani

yaxshilab shamollatish va, izobutan tez o‘t oluvchi gaz bo‘lgan

sababli, muzlatgich yaqinida olovning ochiq manbalari paydo

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

DIQQAT! Muzlatkichni oson alangalanadigan va alanga

tarqatuvchi predmetlar hamda moddalarga (pardalar, laklar,

bo‘yoqlar va sh.k.) bevosita yaqinlikda joylashtirishmang.

Muzlatkichni mebel orasiga o‘rnatish, shuningdek orqa tirgaklar

yordamida xona devori hamda muzlatkichning orqa devori orasida hosil

Ishlab chiqaruvchi ”ATLANT” YOAJ

Pobediteli shohko‘chasi, 61, 220035, Minsk sh., Belarus Respublikasi;

www.atlant.by

MUZLATKICH

Hurmatli xaridor!

Muzlatkichni xarid qilayotganda kafolat kartasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, uni sotgan tashkilotning shtampi hamda yirtma

talonlarda sotilgan sananing mavjudligini tekshiring.

Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqqach, Siz muzlatkichdan to‘g‘ri foydalana olasiz.

Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani muzlatkichdan foydalanishning butun muddati davomida saqlab qo‘ying.

Muzlatkich Ukraina Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 dekabrdagi 1057-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr va elektron jihoz-

lardagi ayrim xavfli moddalardan foydalanishni cheklash bo‘yicha Texnik reglament talablariga muvofiqdir. Reglamentlangan zararli

moddalarning foizli tarkibi Texnik reglamentda belgilangan me’yorlardan oshmaydi.

”ATLANT” YOAJning ishlab chiqarish sifatini boshqarish va mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimi STB ISO 9001-2009 ga muvofi-

qdir va u Belarus Respublikasining muvofiqlikni tasdiqlovchi Milliy tizim Reyestrida BY/112 05.01. 002 00014 raqam bilan ro‘yxatga

olingan.

1 U M U M I Y M A’ LU M O T L A R

1.1 Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaning ilovasi mavjud bo‘lib, unda

muzlatkichni boshqarish va undan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari
hakidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
muzlatkichning turli rusumlari uchun ishlab chiqilgan.

Muzlatkich rusumidagi so‘nggi raqamlar (shartli ravishda «-XX»

yoki «-XXX») kafolat kartasida va muzlatkich kamerasining ichki chap
tomonidagi tablichkasida ko‘rsatilgan ijro etilish raqamini anglatadi.
Muzlatkichning ijro etilishida yuzalarning qoplam materiallari, quvvat
samaradorligi sinfi va rang yechimlari bilan farqlanadi.

1.2 Muzlatgich uy sharoitlarida va shunga o‘xshash sharoitlarda,

xususan:

– do‘konlar, ofislarning xodimlari ovqatlanadigan xonalarda va

boshqa xizmat xonalarida;

– dehqon (fermer) xo‘jaliklarida; mehmonxona, motel va ijarachilar

tomonidan foydalaniladigan boshqa turdagi uy-joylarda;

– nonushta beriladigan nomerlarni taklif etuvchi mehmonxonalarda;
– umumiy ovqatlanish joylarida va chakana savdo amalga

oshirilmaydigan shunga o‘xshash joylarda foydalanishga mo‘ljallangan.

1.3 Muzlatkichdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
– ilovada ko‘rsatilgan atrof-muhit haroratida;
– nisbiy namlik 75 % dan ortiq bo‘lmagan sharoitda;
– nominal kuchlanishi 220-230 V oralig‘ida bo‘lgan, nominal

kuchlanishdan chetlanish ±10 % va chastotasi (50±1) Gs bo‘lgan
o‘zgaruvchan tokli elektr tarmog‘ida.

O‘zgacha foydalanish sharoitlarida muzlatkichning termoenerg-

etik xususiyatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilganlariga mos
kelmasligi mumkin.

Muzlatkichdan yotoq uchun mo‘ljallangan xonalarda foydalanis-

hda shuni hisobga olish kerakki, muzlatkich ishlayotganda funksional
shovqinlar va tovushlar yuzaga keladi.

DIQQAT! Muzlatkich foydalanilishi mo‘ljallangan xona haj-

mini hisobga olayotganda, muzlatkichning har 8 g R600a xlad-

agentiga xonaning kamida 1 m

3

hajmi to‘g‘ri kelishini inobatga

olish kerak. Xladagent massasi muzlatkichning tablichkasida

ko‘rsatilgan. Xonadagi shamollatish tizimi soz bo‘lishi kerak.

1.4 Muzlatkichning yetkazilish to‘plamiga quyidagilar kiradi:

mahsulotning tarkibiy qismlari, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma - ilovasi
bilan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxati, muzlatish asboblarining
energetik samaradorligi haqidagi yorliq (keyingi o‘rinlarda - yorliq),
kafolat kartasi yorliq koreshogi bilan.

Muzlatkichning texnik ko‘rsatkichlari yorliq koreshogida ko‘rsatil-

gan. Yorliq koreshogini kafolat kartasidan qirqib olish va uni yorliqdagi
texnik xususiyatlari bilan birlashtirish kerak.

Kafolat kartasidagi jadvallarda muzlatkichning qolgan texnik xusu-

siyatlari va tarkibiy qismlarning soni haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

1.5 Muzlatkichning asosiy texnik xususiyatlarini o‘zgarmas

qoldirgan holda, ishlab chiqaruvchi uning konstruksiyasini
takomillashtirishi mumkin.

DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) mahsulotdan foydal-

anish yoki uni saqlash shartlarining buzilishi, yengib bo‘lmas ku-

chlar (yong‘in, tabiiy ofat va sh.k.), uy hayvonlari, xasharotlar va

kemiruvchilarning ta’siri natijasida unga yetkazilgan nuqsonlar

va zarar uchun (shu jumladan kafolat muddatida) javobgarlikka

ega emas.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: