Инструкция по эксплуатации Samsung FW77SSTR

Страница 74

Advertising
background image

8

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH

1. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni

chiqarib oling.

Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.

Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

2. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab

chiqaruvchi, yoki uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentidan

xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga

almashtirish zarur.

Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini 230 V, 50 Gts

bo'lgan o'zgaruvchan tok tarmog'ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli

rozetkasiga ulang. Agar ushbu qurilmaning elektr kabeli shikastlangan

bo'lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish zarur.

Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona

plitasi yoki isitish radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan

quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan

birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos

kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki

yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH BO'YICHA

KO'RSATMALAR

Ushbu qurilma Yevropa Ittifoqining me'yoriy talablariga javob beradi.
O'rama materiallarini va qurilmani chiqitga chiqarish.
Ushbu qurilmaning o'rama materiallarini qayta ishlatish mumkin.
Quyidagilarni qaytadan ishlatish mumkin:
- karton;
- polietilen plyonka (PE);
- freonsiz penopolistirol (polistirolli penoplast).
Ushbu materiallarni mas'uliyatli hamda hukumat me'yorlariga mos bo'lgan

ravishda chiqitga chiqaring.
Hukumat organlari sizni ishdan chiqarib tashlangan qurilmalarni mas'uliyatli

ravishda chiqitga chiqarish haqidagi axborot bilan ta'minlay oladilar.

Xavfsizlik
Ushbu qurilma faqat malakali texnik tomonidan o'rnatilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech xonadonlarda ishlatilish uchun mo'ljallangan.
U faqat ovqat pishirish uchun ishlatilishi kerak.
Qurilma ishlatilayotgan paytida va ishlatilganidan so'ng issiq bo'lib turadi.
Yosh bolalar qurilmaga yaqinlashishi ehtimoli bor bo'lsa, buni nazarda tuting.
Oddiy pech yonida o'rnatish.
- Mikroto'lqinli pech oddiy pech yoniga o'rnatiladigan bo'lsa, ortiqcha qizib

ketishining oldini olish maqsadida ular orasida yetarlicha bo'sh joy qoldirish

kerak, chunki yon-atrofi uni haddan tashqari baland harorat bilan o'rab

turishi mumkin. O'z-o'zidan ayonki, o'rnatish vaqtida oddiy pech ishlab

chiqaruvchisining yo'riqlariga qat'iy rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
- Shkaf ichiga qo'yiladigan mikroto'lqinli pechni oddiy pech ustiga

o'rnatmaslik kerak, aks holda oddiy pechdan chiqayotgan issiq havo

mikroto'lqinli pechning sovutgich tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Elektrga ulanish
Qurilma ulanadigan uy elektr tarmog'i milliy va mahalliy talablarga javob

berishi lozim.
Doimiy ulanish yaratgingiz kelsa, elektr ta'minot liniyasida kontaktlari orasida

3 millimetrli zazor bor bo'lgan ko'p qutbli viklyuchatel o'rnatishingiz shart.

FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 8

2014-02-21 �� 7:05:31

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: