Инструкция по эксплуатации Samsung FW77SSTR

Страница 72

Advertising
background image

6

O'ZBEKCHA

Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil

qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak. Eshikchani

ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga

yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki

barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport

vositalariga o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt

bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling,

chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi

mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxtada yoki pechtaxta ustida foydalanish

uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak. (Faqat

pechtaxtaning sara modeli.)
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar

foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Isitish elementlariga tegib ketmaslik

uchun ehtiyot bo'lish kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular

doimiy nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga faqat

bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish

xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan keyingina ruxsat

bering.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar

shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar

berilsa va ular yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni anglab yetsalar, bu

qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari

cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar ham

foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak.

Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda

amalga oshirilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari

shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan

ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya qiluvchi

qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli

shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini

oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Suyuqliklar va boshqa taomlar mahkam yopilgan

idishlarda isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar

issiq bo'ladi. Kuyishning oldini olish uchun yosh bolalardan uzoqroq

saqlash kerak.

OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish

sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun

bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan muomala

qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday holatni oldini olish uchun

haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech o'chganidan

keyin DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda

suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.

Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha quyidagi

harakatlarni bajaring:

• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.

• Unga toza quruq lattani bog'lang.

• Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.

Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish elementlariga

tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari

uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda

kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib

ko'rish kerak;
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun

javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida

avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan

shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Ushbu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan

tarzda to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan

holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar ishlaganda ushbu pech g'alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki

tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga

eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
tozalash holatlari paytida yuzalar odatdagidan issiqroq bo'lishi mumkin va

bolalardan uzoqroq saqlash kerak. (Faqat tozalash funksiyasi modeli.)
Oqib ketishning qoldig'i tozalashdan oldin olib tashlanishi kerak va

tozalash qo'llanmasida ta'lidlangan idishlarni tozalash paytida pechda

qoldirish mumkin. (Faqat tozalash funksiyasi modeli.)
Qurilma o'rnatishdan keyin qurilmaning quvvatdan ajratilishiga imkon

berishi kerak. Vilkaga yetish yoki ulash qoidalariga asoslangan holda

statsionar prokladkadagi viklyuchatelni yoqish orqali uzilishga erishsa

bo'ladi. (Faqat o'rnatilgan model.)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning

oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki

malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Qurilmadan birgalikdagi rejimda ishlatilganda hosil

qilinadigan haroratlar tufayli bolalar pechdan faqat kattalarning nazorati

ostida foydalanishlari kerak.

FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 6

2014-02-21 �� 7:05:29

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: