Инструкция по эксплуатации Samsung FW77SSTR

Страница 70

Advertising
background image

4

O'ZBEKCHA

USHBU YO'RIQNOMADAN FOYDALANISH

Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto'lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu

"Foydalanuvchi qo'llanmasi"da mazkur mikroto'lqinli pech yordamida taom

tayyorlash to'g'risida muhim ma'lumotlar mavjud:

• Ehtiyotkorlik choralari
• Mos keladigan aksessuarlar va idishlar
• Taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahatlar
• Taom tayyorlash bo'yicha maslahatlar

XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR

XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR.

DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH

UCHUN SAQLAB QO'YING.

Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko'rsatmalarga amal

qilinishiga ishonch hosil qiling.

• Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish

uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu

qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim

ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni

qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish

va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi,

e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.

• Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi

uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar

unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki

muammolar bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga

murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.

• Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan.

Qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar

bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu

kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi

qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun

javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

• Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir

ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI

OGOHLANTIRISH

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan

qarash jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi

mumkin.

DIQQAT

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan

qarash yengil jarohat olish yoki mulklarning buzilishiga

olib kelishi mumkin.

Ogohlantirish; Yonish xavfi

mavjud

Ogohlantirish; Issiq yuza

Ogohlantirish; Elektr toki

mavjud

Ogohlantirish; Portlovchi

moddalar

Kuch ISHLATMANG.

Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.

Qismlarga AJRATMANG.

Elektr tarmog'iga ulash kabeli

vilkasini rozetkadan uzing.

TEGMANG.

Elektr toki urishini oldini olish

uchun mashinaning yerga

ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat

ko'rsatish markaziga murojaat

qiling.

Izoh

Muhim

MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY

TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI.

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga

zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.

(a)

Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang,

blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi

kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b)

Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG,

zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari

to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning

zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda,

tozalikda saqlang.

FW77SSTR_BWT_DE68-04135B-02_UZ.indd 4

2014-02-21 �� 7:05:24

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: