Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9

Страница 153

Advertising
background image

nosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot kodlari _33

04
NOSOZLIKLARNI

IZLASH

VA

BARTARAF

ETISH

nosozliklarni izlash va bartaraf

qilish va axborot kodlari

QUYIDAGI BANDLARNI TEKSHIRING, AGAR KIR YUVISH

MASHINASI...

MUAMMO

BARTARAF QILISH USULI

Ishga tushmayapti

• Kir yuvish mashinasi elektr ta’minot rozetkasiga ulanganligini tekshiring.
• Eshik zich yopilganligini tekshiring.
• Vodoprovod jo’mragi (jo’mraklari) ochilganligini tekshiring.
• “Старт/Пауза (Start/Pauza)” tugmasi bosilganligini tekshiring.

Suv bilan yetarlicha
to’ldirilmagan yoki suv yo’q

• Vodoprovod jo’mragini to’liq oching.
• Suvni quyish shlangi muzlab qolmaganligini tekshiring.
• Suvni quyish shlangini to’g’rilang.
• Suvni quyish filtrni tozalang.

Kir yuvish sikli tugaganidan
so’ng bo’limda kir yuvish
vositasi mavjud

• Kir yuvish mashinasi yetarlicha suv bosimi ostida ishlayotganligini

tekshiring.

• Kir yuvish vositasi bo’lim markaziga solinganligini tekshiring.

Tebranmoqda yoki juda
shovqin bilan ishlayapti

• Kir yuvish mashinasi tekis yuzaga joylashganligini tekshiring. Agar

yuza notekis bo’lsa, Mashinani to’g’rilash uchun oyoqlar balandligini
rostlang.

• Transportlash boltlari olib tashlanganligini tekshiring.
• Kir yuvish mashinasi hech qanday boshqa predmetlarga

tegmayotganligini tekshiring.

• Kir bir tekisda yuklanganligini tekshiring.

Kir yuvish mashinasi suvni
chiqarmayapti va/yoki kirni
siqmayapti

• Suvni chiqarish shlangini to’g’rilang. Shlang bukilish joylarini bartaraf

eting.

• Chiqindi filtr ifloslanmaganligini tekshiring.

Eshik yopiq holatda
blokka tushib qolgan va
ochilmayapti

• Barabandagi barcha suv to’kilganligini tekshiring.
• Eshik qulfining lampasi o’chirilganligini tekshiring. Suv chiqarilgandan

so’ng eshik qulfining lampasi o’chiriladi.

Agar muammo bartaraf etilmasa, Samsung mijozlarga xizmat ko’rsatish mahalliy markaziga murojaat qiling.

WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 33

2013-12-12 11:59:45

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: