Wee belgisiga oid ko’rsatmalar – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9

Страница 131

Advertising
background image

ehtiyotkorlik choralari _11

Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.

- Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to’planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab

bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasining asosida havo almashish tirqishlari mavjud bo’lsa, ularning gilam

yoki havo o’tishiga to’sqinlik qiluvchi boshqa buyumlar bilan to’sib qo’yilmaganligini tekshiring.

Yuvilishi kerak bo’lgan barcha kiyimlar cho’ntaklarining bo’sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

- Tangalar, to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish

mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Katta to’qalari, tugmalari yoki boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang.

KIR YUVISH MASHINASINI TOZALASHGA OID MUHIM

OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo’li bilan tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
- Bu ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi

mumkin

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval uni devordagi
rozetkadan uzing.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

WEE BELGISIGA OID KO’RSATMALAR

Ushbu mashinani to’g’ri chiqitga chiqarish (Keraksiz elektr va elektronika

jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig’ish tizimiga ega bo’lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini
olish uchun mahsulot va uning elektron aksessuarlarini boshqa chiqindilardan ajratib olgan holda
chiqitga chiqaring.

Mahsulotni tabiatni saqlashga oid qonunlarga muvofiq chiqitga chiqarish joyi va usuli to’g’risidagi
ma’lumotlarni sotuvchidan yoki tegishli mahalliy davlat tashkilotidan olish mumkin.

Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining ta’minotchilari bilan bog’lanishlari
va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan birgalikda
chiqitga chiqarish ta’qiqlanadi.

OGOHLANTIRISH!

WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 11

2013-12-12 11:59:39

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: