Kir yuvish mashinasini o’rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9

Страница 140

Advertising
background image

20_ kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suvni chiqarish shlangini ulash

Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.
1. Rakovina yon devori orqali: suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi kerak.

Suv chiqarish shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining to’plamida
mavjud bo’lgan shlangni plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish shlangi
joyidan siljib ketmasligining oldini olish uchun ushlagichni ilgak yordamida devorga yoki arqon
yordamida vodoprovod jo’mragiga mahkamlab qo’ying.

2. Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga: suv chiqarish quvurining ajralgan joyi

shlang uchi pol sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish sifonidan
yuqoriroq joylashishi kerak.

3. Suv chiqarish quvurida: 65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan foydalanish tavsiya etiladi;

u 60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi kerak.

5-QADAM
Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’iga ulash

Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi eruvchan saqlagich yoki 15 A li avtomatik vklyuchatel
bilan himoyalangan 220-240 V, 50 Gts rozetkaga ulang. (Elektr ta’minoti va yerga ulashga
bo’lgan talablar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 14-betga qarang).

Sinovdan o’tkazish
O’rnatish tugallangandan keyin Полоскание+отжим (Chayish+Siqish) rejimlarini ishlatib
ko’rish orqali kir yuvish mashinasining to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suv chiqarish shlangi

Shlang ushlagichi

60 - 90 sm

WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 20

2013-12-12 11:59:42

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: