Ehtiyotkorlik choralari, Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyot choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9

Страница 124

Advertising
background image

4_ ehtiyotkorlik choralari

ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu
qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda
saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina
afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani
o’qib chiqqani vaqt toping.

XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda
boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga
keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani
mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan
maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan
barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan
foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani
tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir
yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha
ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar
yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida
www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va

ramzlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jiddiy jarohat olish yoki o’limga
olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga
ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 4

2013-12-12 11:59:38

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: