Инструкция по эксплуатации Samsung GE713KR

Страница 87

Advertising
background image

21

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish

uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

Doimo eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich yopilishini

nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin,

bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli

holatlarga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Yuvib

tashlang va arting.

2. Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli suvda

ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon

sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa

davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l qo'ymang. Hech qachon

abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning

qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda

alohida e'tibor bering:
• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor qarating
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish vositasi

eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini olish uchun

avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

TEXNIK XUSUSIYATLAR

SAMSUNG kompaniyasi o'z mahsulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib

boradi. Dizayn xususiyatlari va mazkur qo'llanma oldindan xabardor qilinmasdan

o'zgartirilishi mumkin.

Model

GE711KR, GE712KR, GE713KR

Elektr toki manbai

230 V ~ 50 Gts

Iste'mol qilinadigan quvvat

Mikroto'lqin
Gril
Birgalikdagi rejim

1150 Vt
1100 Vt
2250 Vt

Ishlab chiqilayotgan quvvat

100 Vt / 750 Vt (IEC-705)

Ishchi chastotasi

2 450 MGts

Magnetron

OM75S(31)

Sovutish usuli

Sovutuvchi elektr ventilyator

Gabarit o'lchamlari (K x B x G)

Tashqi qismi
Pechning ichki kamerasi

489 x 275 x 361 mm
330 x 211 x 309 mm

Kamerasining hajmi

20 litr

Og'irligi

Sof og'irligi

Taxminan 12,5 kg

GE711KR_BWT_DE68-04100A-02_UZ.indd 21

2013-11-28 �� 6:49:18

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: