Инструкция по эксплуатации Samsung GE713KR

Страница 81

Advertising
background image

15

O'ZBEKCHA

TAOMNI ISITISH

Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga

qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin.

Keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal

qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo'lgan xona haroratiga

ega bo'lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo'lgan

sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling - ularni uzoq

vaqt isitishga to'g'ri keladi va chetlari haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina

bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish

Ayrim mahsulotlarni 750 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600 Vt,

450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.

Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq

quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini

isitish qulay (masalan, shirin piroglar).

Eng yaxshi natijalarga ega bo'lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish

vaqtida ag'daring. Iloji bo'lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning

qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin

uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka

plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib

ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom buzilishi mumkin).

Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish

ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti

Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying

va ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning.

Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.

Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.

Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya

qilinmagan bo'lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot

choralari" bo'limiga qarang.

SUYUQLIKLARNI ISITISH

Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan

keyin kamida 20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring

va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqliklarning qaynab ketishi va

kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha

tayoqcha soling va isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring.

BOLALAR TAOMLARINI ISITISH

BOLALAR TAOMLARI: Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq

bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring! Ovqatlantirishdan avval 2-3

daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring. Taomning tavsiya qilingan

harorati: 30-40 °C o'rtasida.

BOLALAR SUTI: Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda

isiting. Sutni hech qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha

qizib ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va keyin

silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini yaxshilab

tekshiring. Taomning tavsiya qilingan harorati: taxminan 37 °C.

IZOH:

Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini

juda puxta tekshirish lozim.

Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.

GE711KR_BWT_DE68-04100A-02_UZ.indd 15

2013-11-28 �� 6:49:18

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: