Инструкция по эксплуатации Samsung GE713KR

Страница 85

Advertising
background image

19

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi

tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis

aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq

qizartirilishini ta'minlaydi.

Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:

600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari

Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi

issiqqa chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan

oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u

erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:

Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak

bo'lgan (masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish

uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan

yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan

taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq

ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:

Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi

elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida

gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha

ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa

hollarda uni bevosita aylanuvchi patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi

ko'rsatmalarga qarang.

Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish

kerak.

Grilda tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taomni pishirishdan oldin pechni gril rejimida 2-3 daqiqa yoqib qo'ygan holda

isitgichni avvaldan qizdiring.

Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib

tayyorlash uchun qo'llanma sifatida foydalaning. Taomni qalin qo'lqopdan

foydalangan holda oling.

Yangi

mahsulotlar

Porsiya

Dastlabki

isitish vaqti

(daq.)

Tayyorlash

rejimi

1

-

tomon

uchun sarf.

vaqti (daq.)

2

-

tomon

uchun sarf.

vaqti (daq.)

Tost bo'laklari

4 dona

(4 x 25 g)

3

Faqat gril

6-7

5-6

Ko'rsatmalar

Tostlarni yonma-yon panjara ustiga qo'ying.

Bulochkalar

(yangi

pishirilgan)

2-4 dona

3

Faqat gril

3-4

2-3

Ko'rsatmalar

Bulochkalarni panjara ustiga aylana shaklida avval tagini yuqoriga

qaratib joylashtiring.

Tomat-gril

250 g

(2 dona)

3

300 Vt + Gril

5½-6½

-

Ko'rsatmalar

Pomidorlarni teng ikkiga bo'ling. Ustiga tuz, murch va ozgina pishloq

qo'ying. Ularni issiqqa chidamli shishadan yasalgan tekis idishga

aylana shaklida joylashtiring. Idishni panjaraga qo'ying.

Gavaycha tost

2 dona

(300 g)

3

300 Vt + Gril

7-9

-

Ko'rsatma

Avval non bo'laklarini qovuring. Nonga ingredientlarni (vetchina,

ananas, pishloq bo'laklari) qo'ying va tostni panjaraga yonma-yon

joylashtiring. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.

Tovuq

qanotchalari

(sovutilgan)

400-500 g

(6 dona)

3

300 Vt + Gril

12-14

11-13

Ko'rsatma

Muzlatgichdan olingan tovuq bo'laklari, masalan, qanotchalari

yoki oyoqchalarini yog' bilan yog'lang va ziravorlar seping. Ularni

suyaklari o'rtaga qilib panjaraga aylana shaklda joylashtiring. Grilda

tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.

GE711KR_BWT_DE68-04100A-02_UZ.indd 19

2013-11-28 �� 6:49:18

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: