Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma – Инструкция по эксплуатации Samsung GE713KR

Страница 78

Advertising
background image

12

O'ZBEKCHA

IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga

kirishlari va foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.

Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda

mikroto'lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan

foydalanish mumkin.

Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda

foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto'lqinli

pechda

foydalanish

uchun xavfsiz

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya

qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar

folga pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa

yoki folga juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan

bo'lsa, elektr yoyi hosil bo'lishi mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.

Chinni va sopol buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan

keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall

bezak bo'lmasa, mos keladi.

Bir martalik plastik

tog'orachalar

Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday

tog'orachalarga solinib o'raladi.

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o'rami
• Polistirol stakanchalar va

konteynerlar

Taomni isitish uchun foydalanish mumkin.

Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi

mumkin.

• Qog'oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketishi mumkin.

• Ikkilamchi xomashyodan

tayyorlangan qog'oz yoki

metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Toblangan shishadan

tayyorlangan idish

Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish

mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda

sinishi yoki yorilishi mumkin.

Oshxona anjomlari

Mikroto'lqinli

pechda

foydalanish

uchun xavfsiz

Izohlar

• Shisha bankalar

Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish uchun

yaroqli.

Metall
• Idishlar

Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi

mumkin.

• Paketlarni bog'lash

uchun buralgan simlar

Qog'oz
• Tarelkalar, stakanchalar,

salfetkalar va oshxona

qog'ozi

Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun.

Shuningdek, ortiqcha namlikni yutish uchun

yaroqli.

• Ikkilamchi xomashyodan

qayta ishlangan qog'oz

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik
• Konteynerlar

Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik

bo'lsa. Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat

ta'sirida qiyshayib qolishi, rangini yo'qotishi

mumkin. Melaminli plastikdan foydalanmang.

• Qoplovchi plyonka

Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin.

Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda

ehtiyot bo'ling, chunki tashqariga issiq bug'

chiqadi.

• Muzlatish uchun paketlar

✓ ✗

Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda

ishlatish uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan

bo'lmasligi kerak. Zarurat tug'ilganida, ularni vilka

bilan teshing.

Parafinlangan yoki yog'

o'tkazmaydigan qog'oz

Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish

uchun ishlatilishi mumkin.

: Tavsiya etiladi

✓✗

: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning

: Foydalanish xavfsiz emas

GE711KR_BWT_DE68-04100A-02_UZ.indd 12

2013-11-28 �� 6:49:17

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: