Texnik ta’mirlash, Nosozliklarni bartaraf qilish, Televizorni tozalash – Инструкция по эксплуатации LG 55LB860V

Страница 198

Advertising
background image

30

O’ZBEKIST

ON

30

TEXNIK TA’MIRLASH / NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH

TEXNIK TA’MIRLASH

Televizorni tozalash

Eng yuqori darajagi namoyishni ta’minlash va mahsulot va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini

uzaytirish uchun televizoringizni muntazam ravishda tozalab boring.

EHTIYOT BO’LING

y

Eng avval televizorni o’chirganligingiz va quvvat manbaiga ulash shnuri hamda boshqa barcha

kabellarni uzib qo’yganligingizga ishonch hosil qiling.

y

Televizorni uzoq vaqt davomida foydalanilmagan holda qoldirilganda chaqmoq yoki kuchlanishdagi

sakrashlar natijasida yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olish uchun quvvat manbaiga

ulash shnurini rozetkadan uzib qo’ying.

Ekran, rama, korpus va peshtaxta

y

Chang yoki yengil kirlarni ketkazish uchun yuzasini quruq, toza va yumshoq latta bilan arting.

y

Asosiy kirlarni ketkazish uchun yuzasini toza suv yoki yumshoq kir yuvish vositasi eritmasi bilan

namlangan yumshoq latta da arting. Keyin darhol quruq latta bilan artib yuboring.

EHTIYOT BO’LING

y

Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.

y

Ekran yuzasiga tirnog’ingiz yoki o’tkir buyumlar bilan siljitmang, ishqalamang va tegib ketmang,

chunki bu ekran tirnalishiga va tasvir buzilishiga olib kelishi mumkin.

y

Kimyoviy moddalardan foydalanmang, chunki bu mahsulotga zarar yetkazishi mumkin.

y

Ekran yuzasiga suyuqlik sepmang. Televizor ichiga suvning kirishi yong’in, elektr toki urishi yoki

qurilmaning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

Quvvat manbaiga ulash shnuri

Quvvat manbaiga ulash shnuridagi to’plangan changlar yoki kirlarni muntazam ravishda tozalab boring.

NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH

Muammo

Yechim

Televizorni masofadan

boshqarish pulti orqali

boshqarishning iloji yo’q.

y Mahsulot masofadan boshqarish pulti sensorini tekshiring va qaytadan urining.

y Mahsulot va masofadan boshqarish pulti orasida hech qanday to’siqning mavjud

emasligini tekshiring.

y Batareyalarning ishlayotganligi va to'g'ri o'rnatilganligini ( ga , ga )

tekshiring.

Tasvir namoyishi va

ovoz mavjud emas.

y Mahsulotning yoqilganligini tekshiring.

y Quvvat manbaiga ulash shnurining rozetkaga ulanganligini tekshiring.

y Boshqa qurilmalarni ulab ko'rish yo'li bilan rozetkaning ishlayotganligini tekshirib

ko'ring.

Televizor to'satdan

o'chib qoladi.

y Quvvat boshqaruvi sozlanmalarini tekshiring. Quvvat ta'minoti uzilgan bo'lishi

mumkin.

y Taymerlar

sozlanmalarida

Avto-kutish rejimi

(Rusumga qarab)

/ Uyqu taymeri

/ Taymerni o‘chirish

ketish xususiyatining faollashtirilganligini tekshiring.

y Televizor yoqilgan vaqtda signal mavjud bo'lmasa, 15 daqiqalik faolsizlikdan keyin

televizor avtomatik ravishda o'chadi.

Shaxsiy kompyuterga HDMI/

DVI orqali ulanganda “Signal

mavjud emas” yoki “Noto’g’ri

format” yozuvlari

chiqadi.

y Masofadan boshqarish pultidan foydalangan holda televizorni o’chiring va

yoqing.

y HDMI kabelini qaytadan ulang.

y Televizor yoqilgan holda kompyuterni o'chirib yoqing.

Advertising