Инструкция по эксплуатации LG 55LB860V

Страница 178

Advertising
background image

10

O’ZBEKIST

ON

10

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR

3D tasvirlarni ko’rish (Faqat 3D rusumlar uchun)

OGOHLANTIRUV

Ko’rish muhiti

y

Ko’rish vaqti

- 3D mazmunni ko’rganda har soatda 5-15 daqiqa tanaffus qiling. 3D mazmunni uzoq vaqt

davomida ko’rish bosh og’rishi, bosh aylanishi, ortiqcha charchoq yoki ko’zlarning toliqishiga olib

kelishi mumkin.

Yorug’likka sezgirlik yoki surunkali xastalik bilan og’riganlar

y

Ayrim foydalanuvchilar miltillovchi yorug’lik yoki 3D mazmundagi o’zgacha t’asirga uchraganlarida

xastalik xuruji yoki boshqa nojo’ya ta’sirga uchrashlari mumkin.

y

Ko’nglingiz ayniyotgan bo’lsa, homilador bo’lsangiz va/yoki epilepsiya, yurak urishining buzilishi, qon

bosimi xastaliklari kabi surunkali xastaliklar bilan kasallangan bo’lsangiz, 3D videolarni ko’rmang.

y

Stereo ko’rlik yoki stereo anomaliyadan aziyat chekuvchilarga 3D mazmun tavsiya qilinmaydi.

Tasvirlarning ikkilanishi yoki noqulayliklarni his qilishlari mumkin.

y

Agar sizda g’ilaylik, ambliopiya (ko’rish qobiliyatining kuchsizligi) yoki astigmatizm mavjud bo’lsa,

sizda ranglarning darajasini sezish bo’yicha muammolar bo’lishi va tasvirlarning ikkita ko’rinishi tufayli

tez charchashingiz mumkin. O’rtacha katta yoshdagi odamga nisbatan tez-tez tanaffus qilish tavsiya

qilinadi.

y

Agar sizning o’ng va chap ko’zlaringizning ko’rish qobiliyatlari har xil bo’lsa, 3D mazmunni ko’rishdan
avval ko’rish qobiliyatingizni tekshirtiriing.

3D mazmunni ko’rishni to’xtatishni yoki bunday kontentlarni ko’rmaslikni talab qiluvchi alomatlar

y

Uyqusizlik, ko’p ishlash yoki spirtli ichimlik iste’mol qilish tufayli charchoqni his qilgan vaqtlaringizda 3D

mazmunni ko’rmang.

y

Bunday belgilar paydo bo’lgan vaqtlarda 3D mazmunni ko’rishni to’xtating va ushbu belgilar yetarlicha

kamayguncha dam oling.

- Bunday belgilar to’xtovsiz ravishda paydo bo’lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Bun-

day belgilarga bosh og’rig’i, ko’z soqqasining og’rishi, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, yurakning

tez urishi, tasvirning chaplanishi, noqulaylikni his qilish, tasvirlarning ikkita ko’rinishi, ko’rishning

noqulayligi yoki charchoq kabilar kiradi.

Advertising