Инструкция по эксплуатации LG 55LB860V

Страница 173

Advertising
background image

5

O’ZBEKIST

ON

5

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR

y

Yomg’irning sizib kirishining oldini olish uchun antenna kabelini bino ichi va

tashqarisida buking.

Bu mahsulot ichiga suvning oqib kirishiga sabab bo’lishi va elektr toki

urishiga olib kelishi mumkin.

y

Televizorni devorga o’rnatishda elektr toki urishi/yong’in chiqishi havfi kelib

chiqmasligi uchun uning mustahkam o’rnatilganligi va televizorning orqa

tarafidagi kabellarning izolyatsiyalanganligiga ishonch hosil qiling.

y

ko’p tirqishli rozetkaga haddan tashqari ko’p elektr qurilmalarini ulamang.

Aks holda ortiqcha qizib ketish oqibatida yong’in xavfini keltirib chiqarishi

mumkin.

y

Tashqi qurilmalarni ulaganda mahsulotning ag’darilib ketishiga yoki tushib

ketishiga yo’l qo’ymang.

Aks holda jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.

Desiccant

y

Namlanishdan himoyalovchi qadoq yoki vinil qadoqni bolalarning qo’llari

yetmaydigan joyda saqlang.

Namlanishga qarshi material yutib yuborilganda hayot uchun xavflidir.

Bilmasdan yutib yuborilgan hollarda bemorni qayt qilishga majbur qiling

va eng yaqin joylashgan shifoxonaga olib boring. Bundan tashqari, vinil

qadoq ashyosi bo’g’ilishga olib kelishi mumkin. Uni bolalarning qo’llari

yetmaydigan joyda saqlang.

y

Farzandlaringizni ng televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga yo’l

qo’ymang.

Aks holda televizor ag’darilishi va jiddiy jarohat yetkazishi mumkin.

y

Yosh bolalar batareyalarni yutib yubormasliklariga ishonch hosil qilish

uchun yaroqsiz batareyalarni ahlatga tashlang.

Iltimos, bola batareyani yutib yuborgan hollarda darhol shifokor huzuriga

boring.

y

Vilka devordagi kirish joyiga ulangan hollarda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi va

devordagi rozetka orasiga metall buymlar/o’tkazgichlarni (masalan, ovqatlanish uchun

metall cho’p/oshxona asboblari/otvyortka kabilarni). Bundan tashqari, delektr manbaiga

ulash kabeliga uni devordagi rozetkaga ulagandan so’ng darhol tegmang. Aks holda

elektr toki zarbiga uchrashingiz mumkin. (Rusumga qarab)

y

Yonuvchan moddalarni mahsulot yaqiniga qo’ymang yoki saqlamang.

Yonuvchan moddalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo’lish yonish, portlash

yoki yong’in chiqish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Tanga, soch to’g’nag’ichi, tayoqcha yoki sim kabi metall buyumlar yoki

qog’oz va gugurt kabi yonuvchan buyumlarning mahsulot ustiga tushib

ketishiga yo’l qo’ymang. Bolalar alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Elektr toki urishi, yong’in yoki shikastlanish sodir bo’lishi mumkin. Agar

begona buyumlar mahsulot ustiga tushib ketsa, quvvat manbaidan uzing va

xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.

y

Mahsulotga suv sachratmang yoki yonuvchan moddalar (erituvchi yoki

benzin bilan ishqalab) artmang. Yong’in yoki elektr toki urishi halokati sodir

bo’lishi mumkin.

Advertising