Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-6405

Страница 43

Advertising
background image



Ўзбек

Q. ЖИҲОЗНИ ДЕВОРГА

МАҲКАМЛАШ ЖОЙИ

ISHNI BOSHLASHDAN AVVAL

Moslama buzilishsiz ishlashi uchun

avval masofadan o’lchash datchigiga,

keyin esa asosiy blokka batareykalarni

o’rnating.

Masofadan o’lchash datchigini

ma’lumotlarni muvaffaqiyatli uzatish

radiusi ichida va asosiy blokka imkoni

boricha yaqinroq o’rnating. Asosiy

blokni va masofadan o’lchash datchigini

ma’lumotlar yaxshiroq uzatilishi uchun

eng kam shovqin bo’ladigan joylarga

joylashtiring.

Masofadan o’lchash

datchigining ma’lumot uzatish radiusi

xonalar orasidagi devorlarning qurilish

materialiga va ularning soniga bog’liq

ekanligini inobatga olish kerak.

Masofadan o’lchash datchigi va asosiy

blokni joylashtirishning bir necha turlarini

sinab ko’ring. Masofadan o’lchash

datchigi ob-havo sharoitlarining ta’siridan

himoyalanganligiga qaramay, uni to’g’ri

quyosh nurlari, yomg’ir yoki qor unga

tushmaydigan qilib o’rnatish lozim.

Uy ichidagi moslamalar (eshikdagi

qo’ng’iroqlar, signalizatsiya va hokazo)

asosiy blok masofadan o’lchash

datchigidan ma’lumot qabul qilishi

paytida shovqin berishi mumkin. Bu

normal holat bo’lib, asbobning umumiy

ishiga ta’sir etmaydi. Ma’lumot uzatish

signalini uzatish va qabul qilish vaqtincha

shovqinlar yo’qolganidan keyin darhol

davom etadi.

Masofadan o’lchash datchigiga

batareykalarni o’rnatish

1. Batareykalar bo’linmasining

qopqog’ida vintlarni burab oching.

2. Kanallarni o’zgartirish dastagi

yordamida ma’lumot uzatish

kanalini tanlang.

3. Qutblari yo’nalishiga rioya qilgan

holda 2 ta batareykalarni o’rnating.

4. Batareykalar bo’linmasining

qopqog’ini yoping va vintlarni

burab mahkamlang.

Asosiy blokka tarmoq adapterini ulash/

asosiy blokka batareykalarni o’rnatish

1. Batareykalar bo’linmasining

qopqog’ini oching.

2. Qutblari yo’nalishiga rioya qilgan

holda 2 ta batareykalarni o’rnating

(“AA”, 1.5 V).

3. Batareykalar bo’linmasining

qopqog’ini yoping.

4. Tarmoq adapterining ish

kuchlanishi tarmoq kuchlanishiga

mos ekanligiga ishonch hosil

qiling

.

5. Tashqi ta’minot manbaini ulash

uyasidan foydalanib, asosiy

blokka yetkazib berish to’plamiga

kiruvchi tarmoq adapterini ulang

(7,5

V DC)

.

Eslatma:

Asosiy blok

tashqi ta’minot manbaidan

ishlash uchun mo’ljallangan,

batareykalar bilan ishlash qo’shimcha

yordamchi usulidir

.

Agar tarmoq adapteri asosiy blokdan

ajratib olingan bo’lsa, displeyda

piktogramma (

) aks etadi.

6405IM.indd 43

12.11.2008 11:21:14

Advertising