Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-3970 Y

Страница 62

Advertising
background image

ЎЗБЕК

2

DVD/CD/MP3/VCD/SVCD LARNI QAYTA

TINGLASh

1. Ishlash rejimlarini o’tkazish dastakchasini

«DVD» holatiga o’rnating.

2. OPEN/CLOSE tugmasini bosib, diskni

kiritish bo’linmasining qopqog’ini oching. SK-

displeyda «LOAD» belgilari aks etadi, keyin

diskni qayta tinglash boshlanadi.

3. VOLUME sozlagichi yordamida ovoz

balandligining kerakli darajasini o’rnating.

4. Qayta tinglashni to’xtatib turish uchun PLAY/

PAUSE tugmasini bosing, qayta tinglashni

yana boshlash uchun ushbu tugmani yana bir

marta bosing.

5. Diskni qayta tinglashda STOP tugmasini bir

marta bosing – magnitola to’xtatish joyini

eslab qoladi. Qayta tinglashni to’liq to’xtatish

uchun STOP tugmasini ikkinchi marta bosing.

6. Bitta trekni takrorlash uchun diskni qayta

tinglash paytida REPEAT tugmasini bir marta

bosing, SK-displeyda «rP ONE» belgilari aks

etadi.

Diskdagi barcha treklarni takrorlash uchun

diskni qayta tinglash paytida REPEAT

tugmasini ikki marta bosing, SK-displeyda

«rP ALL» belgilari aks etadi.

Qayta tinglashni takrorlashni bekor qilish

uchun diskni qayta tinglash paytida REPEAT

tugmasini uch marta bosing, SK-displeyda

«rP OFF» belgilari aks etadi.

Sizning diskingizda bir nechta papka bo’lsa,

papkani takrorlash uchun REPEAT tugmasini

ikki marta bosing, SK-displeyda «rP Dir»

belgilari aks etadi, barcha treklarni takrorlash

uchun – tugmani uch marta, qayta tinglashni

takrorlashni bekor qilish uchun – to’rt marta

bosing.

USB moslamasi/xotira kartalari bilan ishlash

1. Ishlash rejimlarini o’tkazish dastakchasini

«DVD» holatiga o’rnating.

2. USB moslamasini yoki xotira kartasini tegishli

uyaga kiriting.

3. Magnitoladagi DVD/USB/CARD tugmasini

yoki masofadan boshqarish pultidagi tugmani

bosing va tashuvchining turini tanlang:

disk, USB moslamasi yoki xotira kartasi.

Buyum diskni o’qishni boshlaydi, shundan

keyin tanlangan moslamani qayta tinglash

avtomatik ravishda boshlanadi.

4. Qayta tinglashni to’xtatish uchun

magnitoladagi yoki masofadan boshqarish

pultidagi STOP tugmasini bosing, keyin esa

tashuvchini ajratib oling.

Eslatma: DVD/USB/CARD funktsiyasi

faqat diskni qo’yish bo’linmasining qopqog’i

yopilgan holdagina ishlaydi.

DVD/USB/CARD rejimida televizorning

ekranida menyu aks etadi.

Qayta tinglash paytida tashuvchini ajratib

olmang.

Radio tinglash

1. Ishlash rejimlarini o’tkazish dastakchasini

RADIO holatiga o’tkazib o’rnating.

Diapazonlarni o’tkazish dastakchasini tegishli

holatiga o’tkazib o’rnatib, o’zingiz istagan

diapazonni tanlang: FM, AM yoki FM ST

(FM stereo). FM diapazonida signalni eng

yaxshi qabul qilish uchun antennani to’liq

ochib chiqarib, uni kerakli burchakda qaratib

o’rnating.

2. Radiostantsiyalarni sozlash uchun sozlagich

TUNING ni aylantirib, o’zingiz istagan

radiostantsiyani tanlang.

3. Ovoz balandligininng kerakli darajasini

o’rnatish uchun VOLUME ovoz balandligi

sozlagichidan foydalaning.

4. Tinglashni tugatganingizdan so’ng ishlash

rejimlarini o’tkazish dastakchasini OFF

holatiga o’tkazib o’rnating.

5. Stereosignalni uzatuvchi stantsiyaga

sozlanganda, SK-displeyda belgilari paydo

buladi «STEREO»

Karaoke funktsiyasi

1. CD/VCD yoki DVD rejimida mikrofonni

tegishli uyaga ulang.

2. Karaoke rejimini yoqish uchun masofadan

boshqarish pultida KARAOKE tugmasini

bosing. Karaoke rejimini o’chirish uchun

ushbu tugmani yana bir marta bosing.

3. «Aks-sado» ta’sirini yoqish uchun Siz

masofadan boshqarish pultida ECHO

tugmasidan foydalanishingiz mumkin.

4. Agar karaoke diskini qayta tinglash

paytida Siz original ovozini o’zgartirmoqchi

bo’lsangiz, u holda masofadan boshqarish

pultining L/R tugmasi yordamida Siz chap

kanalni o’ng kanalga o’zgartirshiniz mumkin

va aksincha, yoki stereo rejimini qoldirishingiz

mumkin.

Eslatma: karaoke funktsiyasi DVD/USB/

CARD rejimida ishlaydi.

3970IM.indd 62

18.06.2008 10:29:30

Advertising