Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-3970 Y

Страница 61

Advertising
background image

ЎЗБЕК



Audiotizimni ulash

Televizoringizning imkoniyatlaridan kelib chiqib, quyida sanab o’tilgan ulashlar turlaridan eng yaxshi

mos keladigan turini tanlang.

(1) Ikki kanalli analogli chiqish

Ikki kanalli analogli chiqishni ulash uchun magnitolangizning RSN va LSN chiqish uyalarini quvvatni

kuchaytirgichning tegishli uyalariga ulang (chap kanal – oq rangli uyaga, o’ng kanal – qizil rangli

uyaga).

(2) Koaksial raqamli audiochiqish

Magnitolangizning COAX uyasini quvvatni kuchaytirgichning tegishli uyasiga ulash uchun maxsus

koaksial kabel ishlatiladi (etkazib berish to’plamiga kirmaydi).

(3) Optik raqamli audiochiqish

Magnitolangizning OPTICAL uyasini quvvatni kuchaytirgichning optik uyasiga ulash uchun maxsus

tolali-optik kabel ishlatiladi (etkazib berish to’plamiga kirmaydi).

Eslatma: Sozlash ko’rsatkichlari magnitola tashqi uskunalarga ulanadigan uyaning xususiyatlariga mos

kelishi kerak.

TA’MINOTGA ULANISH

Tarmoqdan ta’minotga ulanish

Buyumni elektr tarmog’iga ulashdan avval elektr tarmog’idagi kuchlanish buyumning ish kuchlanishiga

mos ekanligiga ishonch hosil qiling.

Moslamani tarmoqqa ulash uchun tarmoq simining bir uchini AC IN uyasiga, ikkinchi uchini esa

rozetkaga kiriting. Agar ishlash rejimlarini o’tkazish dastakchasi «OFF» holatida bo’lsa, STANDBY

kutish rejimining indikatori yonadi. Radio tinglash (RADIO) yoki DVD rejimiga o’tkazilganda SK-displey

yoqiladi, STANDBY indikatori esa o’chadi.

Eslatma: Statik elektr yig’ilishi buyumning ishidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu holda buyumni

ta’minot manbalaridan olib o’chiring, keyin esa buyumni yana yoqing. Agar muammo hal etilmasa,

Sizga eng yaqin bo’lgan servis markaziga murojaat qiling.

Batareykalardan ta’minotga ulanish

1. Magnitolani elektr tarmog’idan o’chiring.

2. Magnitolaning orqasidagi batareyalar bo’linmasining qopqoqchasini o’q ko’rsatib turgan

yo’nalishda ikkita yopqichni bosib, oching.

3. Batareyalarning bo’linmasiga 8 dona D /UM-1 12V batareykalarini qo’yib o’rnating.

4. Batareyalar bo’linmasining qopqoqchasini (21) yoping.

Eslatma: Buyum kutish rejimida bo’lganda u hali ham energiyani iste’mol qiladi, buyumni to’liq o’chirish

uchun tarmoq simini rozetkadan olib qo’ying va batareykalarni batareyalar bo’linmasidan olib qo’ying.

3970IM.indd 61

18.06.2008 10:29:30

Advertising