Kir yuvish vositalari uchun surma quti, Suyuqli kir yuvish vositasi (ba'zi modellar uchun) – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1124ZAC

Страница 165

Advertising
background image

O'zbek - 29

03 KIR YUVISH

Kir yuvish vositalari uchun surma quti

Ushbu kir yuvish mashinasi kir yuvish vositalari va mato yumshatgichi uchun alohida bo'lmalar
bilan jihozlangan. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval tegishli bo'limga kir yuvish
uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni soling.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kir yuvish vositalari uchun surma qutini ochmang,
chunki sizga issiq suv yoki bug' sachrashi mumkin.

1. Boshqarish panelining chap qismidagi kir yuvish vositalari

uchun surma qutini oching.

2. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval kir yuvish

vositasi bo'limiga

tavsiya qilingan miqdorda kir yuvish

vositasini qo'shing.

Suyuqli kir yuvish vositasidan foydalanish uchun uni
suyuqlik uchun mo'ljallangan qutiga quying (tegishli model
uchun "Suyuqli kir yuvish vositasi" bo'limiga qarang).

• Suyuqli kir yuvish vositasi qutisiga kukunli kir yuvish vositasini

solmang.

3. Kerak bo'lsa, tavsiya qilingan miqdordagi mato

yumshatgichini

yumshatgich bo'limiga soling.

MAX FILL (

) CHIZIG'IDAN OSHIRIB yubormang.

Yumshatgich bo'limiga (

) hech qanday kukunli yoki

suyuq kir yuvish vositasini QO'SHMANG.

4. Dastlabki yuvish opsiyasidan foydalanganda tavsiya

qilingan miqdorda kir yuvish vositasini dastlabki yuvish
bo'limiga

soling.

Katta buyumlarni yuvganda kir yuvish vositalarining
quyidagi turlaridan FOYDALANMANG.

• Tabletka va kapsulalar ko'rinishidagi kir yuvish vositalari
• Shar va to'rdan foydalanuvchi kir yuvish vositalari

Konsentratsiyalangan yoki quyuq mato yumshatgichi va
konditsionerlarni bo'limga solishdan avval ozgina suv bilan aralashtirish kerak (bu to'silib
qolish tufayli suvning toshib ketishini oldini oladi).

Chayqash vositalarining bo'limiga mato yumshatgichini solganingizdan keyin kir yuvish vositasi
bo'limini yopayotgan vaqtingizda mato yumshatgichini toshib ketishiga ehtiyot bo'ling.

Suyuqli kir yuvish vositasi (ba'zi modellar uchun)

Suyuq kir yuvish vositasidan foydalanish uchun surma qutining
asosiy yuvish bo'limiga suyuqli yuvish vositasining qutisini
joylashtiring va unga suyuqli kir yuvish vositasini quying.

• MAX chizig'idan yuqori OSHMASIN.
• Kukunli yuvish vositasidan foydalanganda, suyuqli

yuvish vositasining qutisini yuvish vositasining surma
qutisidan chiqaring. Kukunli yuvish vositasi suyuqli
yuvish vositasining qutisi orqali tarqatilmaydi.

• Yuvish tugagandan keyin kir yuvish vositalari uchun

surma qutida ma'lum miqdorda suyuqlik qolishi
mumkin.

DIQQAT

MAKSIMAL

Suyuq kir yuvish
vositasining
qutisi

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec5:29

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec5:29

2014-03-07

12:56:50

2014-03-07

12:56:50

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: