Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar, Foydalanish uchun ogohlantirish belgilari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1124ZAC

Страница 144

Advertising
background image

O'zbek - 8

FOYDALANISH UCHUN OGOHLANTIRISH BELGILARI

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona narsalar bilan
ifl oslangan hollarda elektr vilkasini rozetkadan uzing va kir yuvish mashinasini nam va
yumshoq latta bilan tozalang.
- Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning

ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda
ehtiyot bo'ling.
- Oynaning sinishi jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-
sekinlik bilan oching.
Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan
oching.
- Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini

shikastlashi yoki suvning sizib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasini ishlatish paytida suv oqib chiqisa, suv chiqarish tizimi bilan
bog'liq muammoning mavjudligini tekshiring.
- Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga to'lgan holda

foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni mashinaning ichiga to'liq joylashtiring, kirlar mashinaning eshigiga qisilib
qolmasin.
- Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi

ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlatilmaganda, vodoprovod krani yopilganligiga ishonch hosil qiling.
- Suv quyish shlangi ulovchisidagi vinting tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil

qiling.

- Ushbu talabga amal qilmaslik mulkga zarar yetkazilishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi

mumkin.

Rezina zichlagich (prokladka) va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato
parchalari, iplar, soch va hokazo) yo'qligiga ishonch hosil qiling.
- Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning

oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining
mahkam biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring.
- Agar vintlar yoki suv quyish shlangi ulovchisi bo'shab qolsa, bu suvning oqib chiqishiga

sabab bo'lishi mumkin.

Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.

Biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto'g'ri foydalanish hisoblanadi. Bunday
hollarda kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat
qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natij asidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar
uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.

DIQQAT

xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:8

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:8

2014-03-07

12:56:43

2014-03-07

12:56:43

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: