Kir yuvish mashinasini o'rnatish, O'rnatish talablariga muvofiqlik, Elektr ta'minoti va yerga ulash – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1124ZAC

Страница 148: Suv quyish

Advertising
background image

O'zbek - 12

kir yuvish mashinasini o'rnatish

O'RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIK

Elektr ta'minoti va yerga ulash

Uzaytma simdan (udliniteldan) foydalanmang.
Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.

O'rnatishga tayyorlashda quvvat manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil
qiling:
• 220-240 V / 50 Gz kuchlanishli predoxranitel yoki avtomatik vklyuchatel
• Kir yuvish mashinasi uchun mo'ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to'g'ri ishlamagan yoki
ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo'l bilan ta'minlagan
holda elektr toki urishi xavfi ni kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo'ljallangan yerga ulash
kabeliga ega bo'lgan uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta'minlash liniyalari yoki issiq suv
trubasiga ulamang.

Yerga ulash simining noto'g'ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to'g'ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo'lmasa,
maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassisga
murojaat qiling. Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini
o'zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, tegishli rozetkani o'rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat qiling.

Suv quyish

Suv bosimi 50 kPadan 800 kPagacha bo'lsa, kir yuvish mashinasi ishlayotganda unga suv
tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPadan past bo'lganda, suv klapanining ishida uzilishlar yuz
berishi mumkin va ushbu klapan to'liq yopilmasligi mumkin. Yoki mashinani to'ldirish uchun
dasturda belgilangan ko'proq vaqt olishi va natij ada mashinaning o'chirilishiga olib kelishi
mumkin. (Agar ichki shlang bo'shab qolsa, ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishining
oldini olish uchun to'ldirish vaqtining chegarasi boshqaruvchi dasturga o'rnatilgan.)

Kir yuvish mashinasi bilan berilgan shlanglarni vodoprovodga ulash uchun yetarli bo'lishi uchun
vodoprovod kranlari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 120 smdan ko'p bo'lmagan
masofada joylashgan bo'lishi kerak.

Ko'pchilik santexnika mahsulotlarini sotadigan do'konlarda uzunligi eng ko'pi bilan 305
smgacha bo'lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.

Quyidagi harakatlarni bajarish orqali siz suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan
zararlarning vujudga kelish xavfi ni kamaytirishingiz mumkin:

• Suv kranlaridan osongina foydalanishni ta'minlash.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo'yish.
• Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib

turish.

Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va
vodoprovod kranlariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

OGOHLANTIRISH

OGOHLANTIRISH

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec4:12

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec4:12

2014-03-07

12:56:44

2014-03-07

12:56:44

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: