Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar, Tozalashga tegishli jiddiy ogohlantirish belgilari, Weee belgisiga oid ko'rsatmalar – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1124ZAC

Страница 146

Advertising
background image

O'zbek - 10

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
- Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.
- Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining

nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.
- Paypoq va ko'krakpechlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan

birgalikda yuving.

- Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
- Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi

mumkin.

Tag qismida sovutish teshiklari bo'lgan kir yuvish mashinalarini o'rnatganda, teshiklar gilam yoki
boshqa buyumlar bilan to'silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlar choʼn taklarining bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Tangalar,

to'gʼn ag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish

mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.

TOZALASHGA TEGISHLI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI

Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo'li bilan tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
- Bu ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan
uzing.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMALAR

Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron
yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini
o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini
ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki
odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan
elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy
resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni
qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni
xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik
kerak.

OGOHLANTIRISH

xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:10

ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:10

2014-03-07

12:56:43

2014-03-07

12:56:43

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: