Ehtiyotkorlik choralari, Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyot choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF906P4SAGD

Страница 136

Advertising
background image

4_ ehtiyotkorlik choralari

ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu
qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda
saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning
ko’pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun
ushbu qo’llanmani o’qib chiqqani vaqt toping.

XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda

boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga

keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani

mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan

maqsadlardagina foydalaning.

Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha

holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda

siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan

ta’minlashingiz kerak.

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish

mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi

belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa,

sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan
tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar

quyidagi ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy

jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik yengil

jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga ulanganligiga
ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

WF906P4SA-03205E-04_UZ.indd 4

2013-12-17 11:28:32

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: