Инструкция по эксплуатации Samsung WF906P4SAGD
Страница 134
2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari
yangi samsung kir yuvish
mashinasining funksiyalari
Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi.
Maxsus Eco Bubble funksiyasidan tortib va elektr energiyasini tejamkorlik bilan iste’mol
qilishgacha bo’lgan ko’pdan ko’p afzalliklarga egaligi sababli sizning ushbu Samsung rusumli
kir yuvish mashinangiz kir yuvish siz uchun eng yengil va maroqli mashg’ulot bo’lishini
imkon qadar ta’minlash uchun barcha kerakli funksiyalar va imkoniyatlarga ega.
• Quvvatlarni tejash
Ushbu model ko’piklarni hosil qilish bo’yicha maxsus tizimi (Bubble generator) va Samsung Inverter
invertor dvigateli tufayli A sinfdagi standart mashinaga nisbatan quvvatlardan yanada samarali
foydalanish bilan ta’minlaydi.
• Eco Bubble rejimida kir yuvish
Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni ehtiyotkorlik bilan
yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va
uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.
• Kamroq shovqin va tebranishlar
Samsung kompaniyasining ushbu kir yuvish mashinasi o’zida mavjud bo’lgan eng kam darajadagi
tebranishlarni ta’minovchi ichki qurilgan mantiqli boshqaruv tizimining mavjudligi tufayli shovqinlar va
tebranishlarni eng kam darajaga keltirgan holda juda tinch ishlaydi.
• Tezkor kir yuvish
Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg
gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!
• Barabanni Eco tozalash
Barabanni Eco tozalashdan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish
mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli
baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.
• Bolalar buyumlarini yuvish
Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini
qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. Ushbu dastur yuvilgan
buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining qichishishlarini
kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning
o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan
vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.
• Qo’lda kir yuvish
Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga
erishiladi.
WF906P4SA-03205E-04_UZ.indd 2
2013-12-17 11:28:31