Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 148

Advertising
background image

O'zbekcha - 16

7. Suv ta'minoti shlangining boshqa uchini kir yuvish mashinasining orqa

panelidagi suv kiritish klapaniga ulang. Uni qotirish uchun shlangni soat

mili yo'nalishida burang.

8. Suv kranini oching va ulanish sohasi atroflaridan hech qanday oqib

chiqishlar yo'qligini tekshiring. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa,

yuqoridagi qadamlarni qaytadan bajaring.

Agar siz vint turidagi krandan foydalanayotgan bo'lsangiz, suv shlangini

suv kraniga rasmda ko'rsatilgani kabi ulang.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Joriy kran

to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan
hollarda adapterni vodoprovod kraniga birlashtirishdan avval oraliq
halqani chiqarib oling.

OGOHLANTIRISH
Suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanishni to'xtating va mahalliy
Samsung xizmat ko'ratish markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin.

DIQQAT
Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori
bosimli shlang bilan almashtiring.
Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri

ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari

katta diametrga ega bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib

oling.

Qo’shimcha issiq suv kirish tirqishiga ega bo’lgan modellar uchun:
1.
Suv ta'minoti shlangining qizil rangli uchini kir yuvish mashinasining

orqa panelidagi issiq suv kiritish klapaniga ulang.

2. Issiq suv ta'minoti shlangining boshqa uchini issiq suv kraniga ulang.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 16

2014/3/22 20:12:30

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: