Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 136

Advertising
background image

O'zbekcha - 4

Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish

uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal

qiling:

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning

ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini

ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib

qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun

javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to’g’risida

avvaldan ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan

shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun

bolalarni kuzatib turing.
Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar

yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida

ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab

yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy

yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli

bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir

yuvish mashinasi bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat

ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi

kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning

oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti

yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod

krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda

o’rnatilishi kerak.
Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda

gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.
Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi
va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 4

2014/3/22 20:12:28

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: