Suvni chiqarish, Pol qoplamasi, Suv harorati – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 145: Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Advertising
background image

O'zbekcha - 13

02

O

’RNA
TISH

Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 65sm bo’lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya etadi. Suvni chiqarish
shlangi qisqich bilan vertikal trubaga bog’langan bo’lishi kerak, vertikal truba esa suv chiqarish shlangini
to’laligicha qoplashi shart.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och pollarni mustahkamlash
talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko’rsatmaydi va siqish
rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT: Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari,
nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma’lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv
kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon tomonlar bo'yicha

25 mm

Orqadan

50 mm

Yuqoridan

25 mm

Old tomondan

500 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o’rnatilsa, tokcha yoki bo’lmaning old tomonida kamida 500
mm bo’lgan to’siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o’zi uchun hech qanday
maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 13

2014/3/22 20:12:29

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: