Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 141

Advertising
background image

O'zbekcha - 9

01

X

AVFSIZLIK

BO
’Y

ICHA

M

A’L

UMO

TL

AR

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
•  Bu noto’g’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi. Bunday suvga
tegmang.
•  Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa, o’tirg’ichlar
uchun suv o’tkazmaydigan to’shamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang’ichilarning
shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo’rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va
mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.
•  Hattoki yorlig’ida kir yuvish mashinasi belgisi ko’rsatilgan bo’lsa ham, qalin yoki qattiq to’shamalarni 

yuvmang. Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki
kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

•  Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo’lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik 

ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi toto’g’ri ishlashlarga olib
kelishi mumkin.

Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
•  Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo’ladi.
•  Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin.

Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
•  Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab 

qolinishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo’lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari,
ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
•  Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining 

jarohatlanishi va o’limiga olib kelishi mumkin.

Sochto’g’nag’ich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
•  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki
los’onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.
•  Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi 

mumkin.

Nina to’g’nag’ichlar, soch to’g’nag’ichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt
qoldirmang.
•  Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
•  Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping 

va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash
vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
•  Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan 

yonib ketishga olib kelishi mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
•  Bu kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 9

2014/3/22 20:12:28

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: