Muz tayyorlagichdan foydalanish (ixtiyoriy) – Инструкция по эксплуатации Samsung RH60H90203L
Страница 140
O'zbekcha - 44
MUZ TAYYORLAGICHDAN
FOYDALANISH (IXTIYORIY)
• Muz chelakchasini chiqarib tashlash.
-
Tutqichni 1-rasmda ko‘rsatilganidek ushlang.
-
Chelakchani ko‘tarib, sekin torting.
-
Zarar yetkazmaslik uchun muz chelakchasini
sekin chiqarib oling.
-
Muz chelakchasini qayta o‘rnatganingizda,
"ICE" (Muz) tugmasini 6 soniya bosib turing.
• Normal
ishlashi
-
Muz tayyorlagich chelakchaga muz tashlaganda
eshitiladigan har qanday ovoz uning normal
ishlayotganligini bildiradi.
-
Agar uzoq vaqtgacha muz chiqarmasangiz, u
holda chelakchadagi muz guvalacha ko‘rinishiga
kelishi mumkin.
Agar bu holat yuz bersa, chelakchadagi qolgan
muzni chiqarib tashlab, uni bo‘shating.
-
Agar muz tushmay qolsa, tarnovga muz tiqilib
qolganligini tekshiring va tiqilgan bo'lsa uni
chiqarib tashlang.
-
Muz chelakchasi qayta o‘rnatilganda, boshida
chiqadigan muz bo‘lakchalari kichikroq bo‘lishi
mumkin, chunki suv quvuriga havo kirib qolishi
mumkin. Normal ishlash jarayonida har qanday
havo tashqariga chiqib ketadi.
muz
muz
• Agar panel ekranidagi "ICE OFF" (Muz
funksiyasi o'chirildi) belgisi milt-miltlasa,
muz chelakchasini qaytadan joylang va/
yoki uning to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch
hosil qiling.
• Eshik ochiq bo‘lsa, muz va suv dispenseri
ishlamaydi.
• Agar eshikni qattiq yopsangiz, muz
tayyorlagichga suv to‘kilib ketishi mumkin.
• Muz chelakchasini tushirib yubormaslik uchun
uni chiqarayotib ikki qo‘lingiz bilan ushlang.
• Tan jarohat olishning oldini olish uchun pol
ustiga tushgan har qanday muz bo‘lakchasi
yoki suvni tozalab tashlang.
• Yosh bolalarning muz dispenseri yoki
chelakchaga osilishiga yo‘l qo‘ymang.
Ularga tan jarohati yetishi mumkin.
• Muz tarnoviga qo‘lingizni yoki biror narsani tiqib
ko‘rmang.
Bunda, sizga tan jarohati yetishi yoki mexanik
qismlarga zarar yetishi mumkin.
• Polietilen xaltalalarda oziq-ovqatlarni muzxonada
saqlashda ehtiyot bo‘ling.
Noto‘g‘ri joylashtirilgan xaltalar muz
chelakchasining motoriga tiqilib, muzlatgichning
muz tayyorlashiga xalaqit qilishi yoki muzxona
eshigining to‘satdan ochilib ketishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
DIQQAT
DA68-03015J-03.indb 44
DA68-03015J-03.indb 44
2014. 8. 12.
4:47
2014. 8. 12.
4:47