Muz dispenseridan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung RH60H90203L
Страница 133
O'zbekcha - 37
ISHLAMOQD
A
Muz chelakchasidan muzni chiqarib
olganingizdan so‘ng, dispenser dastagini
"ICE CUBED" (Bo'lakchali muz) yoki
"CRUSHED" (Maydalangan muz) funksiyasi
yoniq holatda yana bir marta bosishingiz
lozim.
Muz chelakchasini muzlatgichga qaytarib
joylashtirganingizdan so‘ng, muz tayyorlagich
yanada tezroq muz chiqarishni boshlaydi.
• Muz tarnovi yoki muz tayyorlagich
chelagiga barmoqlaringizni, qo‘lingizni
yoki boshqa narsalarni tiqib ko‘rmang.
-
Bunday qilish shaxsiy tan jarohati yoki moddiy
zarar yetkazishi mumkin.
• Faqatgina muzlatgich bilan birga kelgan muz
tayyorlagichdan foydalaning.
• Suv quvuri muzlatgichga malakali shaxs
tomonidan o‘rnatilgan/ulangan bo‘lishi hamda
ichimlik suvi manbaiga ulangan bo‘lishi lozim.
• Muz tayyorlagich to‘g‘ri ishlashi uchun suvning
bosimi 20 - 125 f/kv.d (138~862 kPa) oralig‘ida
bo‘lishi lozim.
• Agar uzoq muddatga ta’tilga
chiqayotgan yoki xizmat safariga
ketayotgan bo‘lsangiz hamda o‘sha vaqt
davomida suv yoki muz dispenseridan
foydalanmaydigan bo‘lsangiz, suv
oqishining oldini olish uchun suv
jo‘mragini yopib qo‘ying.
• Agar muz tayyorlagichni ma’lum vaqt davomida
ishlatmagan yoki muzxona eshigini tez-tez
ochgan bo‘lsangiz, muz bir-biriga yopishib tiqilib
qolishi mumkin. Agar bu holat yuz bersa, muz
chelakchasini bo‘shating yoki undagi muzni
yog‘ochli oshxona anjomi bilan maydalab
tashlang. Pichoq yoki sanchqiga o‘shagan o‘tkir
tig‘li asboblardan foydalanmang.
• Muz chelakchasini chiqarib olganingizda muz
tayyorlagichda muz qoldiqlari bo‘lishi mumkin.
Muz tayyorlagich ularni muzxonaga chiqarib
tashlashi mumkin.
DIQQAT
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
Muz dispenseridan foydalanish
O‘zingiz xohlagan muz shaklini tanlash uchun
muvofiq muz tugmasini bosing.
Stakanchani muz chiqargichning tagiga qo‘yib,
dispenser dastagini u bilan ohista bosing.
Muz tashqariga chiqib ketmasligi uchun stakancha
dispenser bilan bitta chiziqda turganligiga ishonch
hosil qiling.
Agar "Crushed Ice" (Maydalangan muz) funksiyasini
ishlatib, keyin "Cubed Ice" (Bo'lakchali muz)ni
tanlasangiz, dispenserdagi maydalangan muz
qoldiqlari qo‘shilib tushishi ham mumkin.
Muz tayyorlagich qopqog‘i
Muz chelakchasi
Muz tarnovi
Muz tarnovi
• Agar muz tushmasa, muz tayyorlagich
qopqog‘ini oching va uning ichidagi
"Test" (Sinash) tugmasini bosing.
• Patnis muz yoki suv bilan to‘lgach, "Test"
tugmasini bosishni to‘xtating.
Suv toshib ketishi yoki muz tayyorlagich va
dispenserga muz tiqilib qolishi mumkin.
"Test" (Sinash) tugmasi
"Test" (Sinash) tugmasi
DIQQAT
DA68-03015J-03.indb 37
DA68-03015J-03.indb 37
2014. 8. 12.
4:46
2014. 8. 12.
4:46