Инструкция по эксплуатации Samsung RH60H90203L
Страница 130
O'zbekcha - 34
( 1 ) Muzxona
tokchalari
Go‘sht, baliq, muzlatilgan chuchvara, muzqaymoq
va boshqa turdagi muzlatilgan oziq-ovqatlarni
saqlash uchun ishlatiladi.
( 2 ) Ko‘p maqsadli muzxona bo‘limlari
Oziq-ovqatlarni samarali saqlash uchun baland
bo‘yli muzxona bo‘limlariga ega.
Shunday bo‘lsada, ushbu bo‘limlarni muzqaymoq
va uzoq muddat saqlamoqchi bo‘lgan
mahsulotlaringiz uchun ishlatmang.
( 3 )
Qovurilgan ovqat va go‘sht saqlash
savatchasi
Qovurilgan ovqat va go‘shtni uzoq muddat
saqlash uchun ishlatiladi.
Mahsulotlarni alyuminiy qog‘oz yoki oshxona
polietilen o'ramasiga o‘rab, keyin soling.
( 4 ) Pishloq
qutisi
Bu quti tuxum, pishloq, sariyog‘ va boshqa
turdagi sut mahsulotlarini saqlash uchun
ishlatiladi.
( 5 ) Qayla
qutisi
Turli xildagi qaylalarni saqlash uchun ishlatiladi.
( 6 ) Muzlatgich
tokchalari
Bu muzlatishni talab qiladigan umumiy turdagi
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun
ishlatiladi.
( 7 ) Ichimlik
qutisi
Bu suv, sut, sharbat va boshqa turdagi
ichimliklarni saqlash uchun ishlatiladi.
( 8 ) Tamaddi qutisi (ixtiyoriy)
Bu salat va garnirni saqlash uchun ishlatiladi.
( 9 )
Salomatlik uchun sabzavotlar
savatchasi
Meva va sabzavotlarni barra saqlash uchun
ishlatiladi. Yuqori savatchasi ixtiyoriy.
( 10 ) Bolalar qutisi (ixtiyoriy)
Bolalarning qo‘li oson yetadigan balandlikda
joylashgan. Yogurt, tamaddi va bolalar uchun
mo‘ljallangan boshqa mahsulotlarni saqlash
uchun ishlatiladi.
( 11 ) Ko‘p vazifali quti
Bu quritilgan ugra (spagetti), sur go‘sht va
shunga o‘xshash suvi qochirilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi.
( 12 ) Tuxumdon
Tuxumlarni saqlash uchun eng yaxshi joy.
Olib-solishga oson bo‘lishi uchun tokchaga tuxum
patnisini joylashtiring.
( 13 ) Vino tokchasi (ixtiyoriy)
Vino shishalarini saqlash uchun eng yaxshi joyni
ta’minlash orqali uning ta’mini barqaror saqlab
turishga yordam beradi.
( 14 )
Muz tayyorlagich chelagi
(Faqat dispenserli modelda)
Muzni ko‘p miqdorda oson saqlash uchun
mo‘ljallangan.
• Muz tarnoviga yoki muz tayyorlagich
chelagiga barmoqlaringizni, qo‘lingizni
yoki boshqa narsalarni tiqib ko‘rmang.
Bunday qilish shaxsiy tan jarohati yoki
moddiy zarar yetkazishi mumkin.
( 15 ) Tamaddi savatchasi (ixtiyoriy)
Muzqaymoq va shunga o‘xshagan muzlatilgan
kichkina yeguliklarni saqlash uchun ishlatiladi.
• Agar biror joyga ko‘proq vaqtga
ketmoqchi bo‘lsangiz, muzlatgichni
bo‘shating va o‘chirib qo‘ying. Jihoz
ichkarisidagi ortiqcha namlikni artib,
eshiklarni ochiq qoldiring. Bu muzlatgichni
badbo‘y hid paydo bo‘lishi va mog‘or
bosishidan saqlaydi.
• Agar muzlatgich uzoq vaqtgacha
ishlatilmaydigan bo‘lsa, uni elektr quvvat
ta’minotidan uzib qo‘ying.
-
Elektr ta’minoti simidagi izolyatsiyaning
shikastlanishi yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
• Polkalarning shoylashuvini o’zgartirmang.
-
Agar javonlarning joylashuvini o’zgartirishga
urinsangiz, eshikni shikastlashingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
DA68-03015J-03.indb 34
DA68-03015J-03.indb 34
2014. 8. 12.
4:46
2014. 8. 12.
4:46