Kir yuvish mashinasini o’rnatish, O’rnatish talablariga muvofiqlik – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1702WCC

Страница 146

Advertising
background image

14_ kir yuvish mashinasini o’rnatish

kir yuvish mashinasini o’rnatish

O’RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIK

Elektr ta’minoti va yerga ulash

Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlar olishning oldini olish uchun elektr tarmog’iga
ulash va yerga ulash AQSh ning Milliy elektrotexnik me’yorlari va qoidalari, ANSI/FNPA 70
ning so’nggi versiyasi va mahalliy qonunchilikka muvofiq bajarilgan bo’lishi kerak. Kir yuvish
mashinasining foydalanuvchisi ushbu qurilmani tegishli elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha
javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

Hech qachon uzaytirgichlardan foydalanmang.
Faqat kir yuvish mashinasi majmuasiga kiruvchi elektr manbaiga ulash kabelidan
foydalaning.

O’rnatishga tayyorlashda elektr manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil
qiling:
• elektrik rozetka 220-240V / 50Gz, saqlagich yoki 15A li avtomatik o’chirg’ich;
• Faqat kir yuvish mashinasiga mo’ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to’g’ri ishlamagan yoki
ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo’l bilan ta’minlagan
holda elektr toki urish xavfini kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi yerga tug’ri ulangan rozetkada foydalanish uchun mo’ljallangan yerga ulash
kabeliga ega bo’lgan uch kontaktli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta’minlash liniyalari yoki issiq suv
trubasiga ulamang.

Yerga ulash simining noto’g’ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to’g’ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo’lmasa,
maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassisga
murojaat qiling. Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini
o’zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, tegishli rozetkani o’rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat qiling

Suvni quyish

Suv bosimi 50-800 kPa bo’lsa, kir mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv
bosimi 50 kPa dan past bo’lganda suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu
klapan to’liq yopilmasligi mumkin. Kir yuvish mashinasini suv bilan to’ldirish uchun boshqaruv
tizimida berilgan vaqt qiymatiga nisbatan ko’proq vatq talab qilinishi mumkin, bu esa qurilmaning
o’chirib qo’yilishiga olib keladi (Boshqaruv tizimida kir yuvish mashinasini to’ldirish vaqti uchun
cheklanish o’rnatilgan, bu ichki shlang bo’shab qolgan hollarda ortiqcha suv quyilishi yoki
suvning toshib ketishini oldini olishga imkon beradi).
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan suv bilan ta’minladigan shlanglar kir yuvish mashinasiniga
ulanishi uchun vodoprovod jo’mraglari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 122 sm
masofada joylashgan bo’lishi kerak.

Ko’pchilik santexnika mahsulotlari sotiladigan do’konlarda uzunligi eng ko’pi bilan 305 sm
gacha bo’lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.
Quyidagi harakatlarni bajarish orqali suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan
zararlarning vujudga kelish xavfini kamaytirish mumkin:
• Suv jo’mraglaridan osongina foydalanishni ta’minlash.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda jo’mraglarni yopib qo’yish.
• Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib

turish.

Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va
vodoprovod jo’mraglariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini
tekshiring.

OGOHLANTIRISH

OGOHLANTIRISH

WF1702WC-03056B-11_UZ.indd 14

2014-2-20 17:12:03

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: