Ehtiyotkorlik choralari, O’rnatishga oid muhim ogohlantiruvchi ma’lumotlar – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1702WCC

Страница 138

Advertising
background image

6_ ehtiyotkorlik choralari

O’RNATISHGA OID MUHIM OGOHLANTIRUVCHI

MA’LUMOTLAR

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki sizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan
amalga oshirilishi kerak.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi

bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr tarmog’iga ulash shnurini 220-240 V / 60 Gz li devor rozetkasiga ulang va bu
rozetkadan faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari uzatma
simidan foydalanmang.
- Uchtalik yoki uzaytma sizdan foydalanagan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash

elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

- Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari

bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi
yoki yong’inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam
tiqilgan bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq
latta bilan muntazam ravishda tozalab turing.
- Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.
- Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-

qarshi yo’nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi
va bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki
qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.
- Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga
eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerlashtirilgan bo’lishi kerak.
Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali
yerlashtirmang.
- Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq

muammolarga olib kelishi mumkin.

- Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerlashtirilmagan rozetkaga

ulamang va yerlashtirishning mahalliy va milliy tartiblarga muvofiq ekanligiga ishonch hosil
qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang .
Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki
suv (masalan, yomg’ir tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.

Ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

WF1702WC-03056B-11_UZ.indd 6

2014-2-20 17:12:02

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: