Инструкция по эксплуатации Samsung WF1702WCC

Страница 134

Advertising
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr
quvvatlarini tejab qolishning yangi samarali usuli. Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan
bo’lsangiz, 15°C haroratga ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan
suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi. Agar siz
40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz, 60°C haroratli suvda oddiy rejimda
kir yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega bo’lasiz. Siz qo’shimcha vaqt
sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab qolishingiz mumkin.

• Ustki kiyim

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan
holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan
kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan
hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan
yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini
ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Tezkor 15’

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! 15 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydigan kir
yuvish sikli vaqtingizni tejashga yordam beradi.
Bizning 15’ daqiqalik tezkor kir yuvish dasturi – band bo’lganlar uchun ajoyib yechim. Sevimli
kiyimni endi atigi 15 daqiqada yuvish mumkin!

• Bolalardan qulflash

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini
olishga imkon beradi.
Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u
faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.

WF1702WC-03056B-11_UZ.indd 2

2014-2-20 17:12:01

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: