Ehtiyotkorlik choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1702WCC

Страница 140

Advertising
background image

8_ ehtiyotkorlik choralari

- Uchqun chiqishi portlash yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Bundan

tashqari mashinani chiqitga chiqarishda kir yuvish mashinasi eshigining dastasini olib

tashlang.

- Mashina ichiga kirgach bola tiqilib qolishi va bo’g’ilishi mumkin

Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan

qadoqlarni (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo’yoqlarning erituvchilari, spirt

yoki boshqa yonuvchi yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.

- Bu elektr toki urishi, yong’in va portlashga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish

rejimlarida) uning eshigini kuch bilan ochmang.

- Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo’lishi yoki polni

sirpanchiq qilishi mumkin.

Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
- Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishga sabab

bo’lishi mumkin.

Mashina ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni tiqmang.

- Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.

- Bu elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug’urish orqali

mashinani o’chirmang.

- Elektr manbaiga ulash vilkasini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab bo’lishi va

elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga yoki quvvatsiz kishilarda kir yuvish mashinasidan nazoratsiz foydalanishlariga yo’l

qo’ymang.

- Ushbu talabga javob bermaslik elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi

mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni yoki metall buyumlarni

tiqmang.

- Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang.

Har doim vilkani mahkam ushlang va uni to’g’ridan-to’g’ri rozetkadan sug’urib oling.

- Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong’in va/yoki elektr toki

urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o’zgartirishga

urinmang.
- Standart shakldagi eruvchan saqlagichlardan tashqari boshqa hech qanday eruvchan

saqlagichlardan (masalan, mis qo’yilma, po’lat sim va xokaso) foydalanmang.

- Kir yuvish mashinasini ta’mirlash yoki qaytadan o’rnatish kerak bo’lgan hollarda

o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi

bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum, masalan, suv kirib qolgan hollarda elektr

manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat

ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
- Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Ehtiyotkorlik choralari

WF1702WC-03056B-11_UZ.indd 8

2014-2-20 17:12:02

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: