Kir yuvish, Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish, Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1602YQR

Страница 160

Advertising
background image

28_ kir yuvish

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik

boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi

kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra

o’zgartirishingiz mumkin.
1. Vodoprovod jo’mragini oching.

2. Вкл. (yoqish) tugmasini bosing.

3. Eshikchani oching.

4. Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari

yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5. Eshikchani yoping.

6. Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish

vositalarni yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins),

Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar),

Ежедневная (Kundalik yuvish) va Детские (Bolalar buyumlarini yuvish) dasturi tanlangan

hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir

yuvishdan foydalanish talab qilinadi.

7. Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning:

Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Постельное белье (Ko’rpa-

to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish),

Интенсивная Eco (Intensiv Eco yuvish) , Верхняя одежда (Ustki kiyimlar), Детские (Bolalar

buyumlarini yuvish), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar), Ручная стирка (Qo’lda yuvish).

Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8. Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar

soni va kir yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9. Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori

yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi

Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1. Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin

emas.

2. Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza)

tugmasini bosing.

Kir yuvish sikli tugaganida.

Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1. Eshikchani oching.

2. Kirni oling.

Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish

Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.

1. Vodoprovod jo’mragini oching.

2. Kir yuvish mashinasini Вкл. (yoqish) tugmasini bosing.

3. Eshikchani oching.

4. Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l

qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5. Eshikchani yoping.

6. Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish

vositalarni yuklab qo’ying.

7. Kir yuvish haroratini tanlash uchun Температура (Harorat) tugmasini bosing. (холодная

(Sovuq), 30°C, 40°C, 60°C, 95°C).

8. Chayishning talab qilinayotgan siklar sonini tanlash uchun Полоскание (Chayish) tugmasini

bosing.

Eng ko’pi bilan beshta chayish sikllari mavjud.

Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.

Kir yuvish

WF1702WQ-02994F-09_UZ.indd 28

2014-2-13 13:35:10

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: