Инструкция по эксплуатации Samsung WF1602YQR

Страница 134

Advertising
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni

o’zgartiradi. Maxsus Eco Bubble funksiyasidan tortib va elektr energiyasini

tejamkorlik bilan iste’mol qilishgacha bo’lgan ko’pdan ko’p afzalliklarga egaligi

sababli sizning ushbu Samsung rusumli kir yuvish mashinangiz kir yuvish siz uchun

eng yengil va maroqli mashg’ulot bo’lishini imkon qadar ta’minlash uchun barcha

kerakli funksiyalar va imkoniyatlarga ega.

• “Eco Bubble” texnologiyasi

Yuvish jarayonida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi suvni havo

va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish vositalari bilan ishlay oladi)

bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian ertaroq va tezroq faollashtiradi. Shu

tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi tushishidan avval ko’pikli yostiqcha hosil bo’ladi va kir

yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar matoga oddiy kir yuvish mashinalaridagiga nisbatan tezroq va

samaraliroq kiradi, bu esa anchagina pastroq haroratlarda toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.

• Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr quvvatlarini

tejab qolishning yangi samarali usuli. Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan bo’lsangiz, 15°C haroratga

ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi

va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi. Agar siz 40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz,

60°C haroratli suvda oddiy rejimda kir yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega

bo’lasiz. Siz qo’shimcha vaqt sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab

qolishingiz mumkin.

• Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan

holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan

kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan

hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan

yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini

ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini

qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining

qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va

kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar

kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish

uchun sertifikatga ega) belgisi

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni mashinada

yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va tekshirilgan. Bu belgi

orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan qilingan matolarning himoya

qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi

hisoblanadi. Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga

muvofiq tarzda yuvish kerak.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.

WF1702WQ-02994F-09_UZ.indd 2

2014-2-13 13:35:02

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: