Tezkor kir yuvish, Barabanni eco tozalash dasturi, Bolalardan qulflash” funksiyasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1602YQR

Страница 135: Kir yuvish kechiktirish, Raqamli grafik displey, Keng eshikcha

Advertising
background image

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi

Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon

beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• Barabanni Eco tozalash dasturi

Barabanni Eco tozalash dasturidan foydalanish kir yuvish mashinangizni gigienik jihatdan eng yuqori

darajada toza saqlashingizga yordam beradi. Ushbu funksiyada barabanni tozalash uchun kimyoviy kir

yuvish vositalaridan foydalanishdan (yoki foydalanmaslikdan) iborat qo’shimcha funkisyasi mavjud, u kir

yuvish tejamkorligi / samaradorligi boyicha sizning istaklaringizni hisobga oladi, bu funksiya Samsung

kompaniyasi tomonidan kimyoviy kir yuvish vositalarini qo’llamasdan talab qilingan natijalarga erishish

uchun ishlab chiqilgan. Ushbu maxsus dasturiy tozalashdan foydalangan holda barabaningizni toza va

hidlardan holi saqlang, bunda issiq suv (70°C) barabanda tezroq aylanadi, yaxshilab yuvish jarayoni 90

daqiqadan ko’p davom etmaydi. Bunda u yerda ko’payishi va yo’qotilmagan hollarda noxush hidlarning

paydo bo’lishi va buyumlarning rangini o’chishiga olib kelishi mumkin bo’lgan mog’or va bakteriyalar

yo’q qilinadi.Ushbu dastur sizga narsalaringizni anchagina past haroratlarda muntazam ravishda yuvish

va uning yuqori gigienik darajasini ta’minlash uchun barabanni davriy ravishda tozalab turishga imkon

bergan holda Eco Bubble dasturini ajoyib tarzda qo’llab-quvvatlaydi

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga
imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi
va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• Kir yuvish kechiktirish

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa
uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada
oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanishga qulaydir.
Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish
uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan,
choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi

(ayrim modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib chiqishidan
himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi va suv oqib chiqishini
aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga oladi. Suv quyish shlangining ichki
qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi
to’sib qo’yadi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va

elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki barobar

uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti kamayadi va elektr

energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli

tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish

mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish

bo’yicha maslahatlarni topasiz. 37-sahifadagi “nosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot

kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar

keltirilgan.

WF1702WQ-02994F-09_UZ.indd 3

2014-2-13 13:35:02

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: