Kir yuvish, Отложить стирку (kir yuvish kechiktirish), Eco bubble barbotlash tehnologiyasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1602YQR
Страница 158
26_ kir yuvish
Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish)
3-19 soatga qoldirish vaqtini tanlab (1 soat qadami bilan), kir yuvish mashinasi avtomatik
ravishda kir yuvishni keyinroq tugatishi uchun uni dasturlash mumkin. Displeyda aks ettirilayotgan
vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.
1. Kir yuvish mashinasining dasturini kir yuvish uchun mo’ljallangan kir matosining turiga muvofiq
qo’lda yoki avtomatik ravishda o’rnating.
2. Qoldirish vaqti o’rnatilgunga qadar Отложить стирку (kir yuvish kechiktirish) tugmasini
bir necha marta bosing.
3. Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing “Отложить стирку (kir yuvish
kechiktirish) ” indikatori yonadi va soat ko’rsatilgan vaqtgacha teskari sanashni boshlaydi.
4. “Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish)” funksiyasini bekor qilish uchun Вкл. (Yoqish)
tugmasini bosing, so’ng kir yuvish mashinasini qaytadan yoqing.
Eco Bubble barbotlash tehnologiyasi
Yuvish jarayinida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi suvni
havo va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish vositalari bilan
ishlay oladi) bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian ertaroq va tezroq
faollashtiradi. Shu tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi tushishidan avval ko’pikli
yostiqcha hosil bo’ladi va kir yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar matoga oddiy kir yuvish
mashinalaridagiga nisbatan tezroq va samaraliroq kiradi, bu esa anchagina pastroq haroratlarda
toz kir yuvish bilan ta’minlaydi. Sikldagi suv harorati qanchalik past bo’lsa, oddiy kir yuvish
texnologiyalariga nisbatan Eco Bubble texnologiyasidan foydalanish samaradorligi shunchalik
ko’proq bo’ladi, bu sovuq suvda kir yuvish sikllaridan yanada kengroq foydalanishga imkon
beradi va elektr quvvatini tejab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari ushbu texnologiya
tufayli kir yuvish vositasi sikl boshida butunlay erib ketishi sababli kir yuvish vositalarining
qoldiqlari to’g’risida qayg’urihsning hojati qolmaydi.
Eco Bubble funksiyasidan Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash) dasturidan
tashqari qolgan barcha kir yuvish dasturlarida foydalanish mumkin. Ushbu funksiyaning
mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar quyida keltirilgan.
kir yuvish dasturi
barbotlash
funksiyasi
Eco bubble funksiyasini
bekor qilish imkoniyati
Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika),
Джинсы (Djins), Постельное белье
(Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи
(To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная
(Kundalik yuvish)
Mavjud
Mavjud
Интенсивная Eco (Intensiv Eco yuvish),
Верхняя одежда (Ustki kiyimlar), Детские
(Bolalar buyumlarini yuvish), Шерсть (Jundan
qilingan buyumlar), Ручная стирка (Qo’lda
yuvish)
Yo’q
Очистка барабана Eco (Barabanni Eco
tozalash)
Yo’q
-
• Kir yuvish dasturiga bog’liq ravishda Eco Bubble rejimining turli funksiyalaridan
foydalanish mumkin.
Dastlabki holatda Eco Bubble dasturi yoqilgan bo’ladi. Uni bekor qilish uchun Eco Bubble
dasturi tugmasini bir marta bosing, ushbu funksiyani yoqish uchun yana shu tugmani
bosing.
Kir yuvish
WF1702WQ-02994F-09_UZ.indd 26
2014-2-13 13:35:09